Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {inson}
So‘z bo‘g‘inlari: in-son
Izoh(lar)i:
inson ot

1. 1. Odamzod, bashar. Inson — bu dunyoning aziz-u mukarram xilqati, mavjudotlar ichida sarvaridir. Gazetadan
aqllilik, ma’naviyat insonga xos eng muhim xususiyatlar bo‘lib, ular insonning tarixiy mohiyatidan kelib chiqadi. Sirli olam

2. 2. Har bir yakka shaxs; odam. Basharti Musulmonqul chin inson bo‘lsa, insondan vahshiy tug‘ilganini hech kim eshitgan chiqmas. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. 3. Kimsaga (odatda, salbiy munosabatli) murojaat shakli. Xo‘, inson, bu nima noma’qulchilik, tilsiz jonivorda nima qasdingiz bor?! Mushtum

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: odam [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.