1. Shovqini yoki harakati ko‘p, sershovqin, serqatnov.
Notinch ko‘cha.
Gazetadan
2. Tinchi, osoyishi buzilgan; bezovta, besaranjom.
Notinch vaqt. Bemahal notinch qilmoq. Uning [Hakimboyvachchaning} rangi o‘chgan, ko‘zlari allaqanday notinch.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. G‘alva, tashvishi ko‘p; serg‘alva, sertashvish, tashvishli.
Rahmatilla birmuncha vaqt shahar maorifi bo‘limida, bu yer notinch bo‘lgandan keyin, muzeyda ishladi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari