1. 1. Ag‘dar-to‘ntar, ur-yiqit, tartibsizlik.
Hozir ishbilarmon odamlar ozmi! Lekin alg‘ov-dalg‘ovdan foydalanib, raislik lavozimiga yana Ravshan polvon chiqib olsa-chi?
O. Yoqubov, Larza
Hamma yo‘q alg‘ov-dalg‘ov, mashinaning ehtiyot qismlari, avtomagnitofon va boshqa bir qancha qismlari o‘g‘irlab ketilgan edi.
Gazetadan
2. 2. Tinchsizlik, besaranjomlik, g‘ulg‘ula, g‘alayon, to‘s-to‘polon.
Miltiq tovushlari bilan boshlangan alg‘ov-dalg‘ovlardan yuragi po‘killab qolgan mullavachcha yana bir tasodifdan qutulganiga shukur qilib, o‘rnidan turdi-da, hovliga chiqdi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Bu vaqtda yurt alg‘ov-dalg‘ov edi.
I. Shamsharov, G‘urumsoyliklar