1. Saranjom-sarishta qilinmagan; saranjom topmagan, ayqash-uyqash.
Besaranjom uy. Oshxona doim besaranjom.◆Bolalarning o‘yinchoqlari, kitob, gazetalar bilan besaranjom bo‘lgan xonada bir ayol yotardi.
S. Zunnunova, Qanot
2. Saranjom-sarishtalikni bilmaydigan, pala-partish ish, ro‘zg‘or tutadigan.
Besaranjom xotin.
Mushtum
3. Hayajon, iztirobga tushgan; tashvishli, iztirobli, bezovta.
Mo‘ylov besaranjom ko‘zlarini jovdiratib, darrov gapira olmadi.
S. Ahmad, Cho‘l shamollari