1. Odatdagi oromi, tinchi buzilgan, hayajon va iztirobga tushgan; halovati yo‘qolgan, betinch, g‘ash.
Madamin bu yerdan chiqib, yana bezovta joniga malham qidirdi.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. Tinchligi buzilgan; notinch.
[Jo‘ra:] Qo‘rboshi aka, necha yildan beri zamona bezovta.
I. Sulton, Burgutning parvozi
3. Halovati yo‘q; betoqat, beorom.
Qishloqda tabiblik qilib yurgan vaqtlarida bunday bezovta betoblarni ko‘p ko‘rgan.
I. Rahim, Chin muhabbat