Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {osoyishta}
So‘z bo‘g‘inlari: o-so-yish-ta
Izoh(lar)i:
osoyishta sf

1. Urush-janjaldan, g‘avg‘o-tashvishdan xoli; tinch, bexavotir, xotirjam. Osoyishta shahar. Yurt osoyishta. Osoyishta yashamoq. ▬ Shunday paytda kishining bu xilda osoyishta va hatto xotirjam bo‘lishini tasavvur qilish qiyin edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
Go‘zal manzara ruhimizni bardam, asablarimizni osoyishta qiladi. Saodat

2. Hayajondan, iztirobdan xoli; betashvish. Bu qomatni [Fotimani] ko‘rishi bilanoq Elmurodning osoyishta qalbida nimadir qo‘zg‘aldi. P. Tursun, O‘qituvchi

3. Xotirjam, bamaylixotir, bosiq. Osoyishta suhbat. ▬ — Kimsan o‘zing? Madamin? — dedi Abdurasul ancha osoyishta tovush bilan. P. Tursun, O‘qituvchi
Sergey o‘rnidan turib, oldingi stulning suyanchig‘iga qo‘lini qo‘ydi-da, osoyishta gapira boshladi. P. Qodirov, Uch ildiz

4. Sokin, harakatsiz. Dengiz osoyishta dam olmoqda. ▬ Chang aralash tutun halqa-halqa bo‘lib, ko‘kka, osoyishta bo‘shliqqa intilar edi. Shuhrat, Shinelli yillar

Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.