Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘rinish}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-ri-nish
Izoh(lar)i:
ko‘rinish fl

1. 1. Ko‘rinmoq fe’lidan harakat nomi. Mahkam hozir uning yana nimadir demoqchi ekanini sezdi, lekin unga ko‘rinishni ham, gapirishni ham istamagani uchun, bosh irg‘ab, eshikdan chiqdi. P. Qodirov, Uch ildiz

2. 2. Tashqi qiyofa; qiyofa. Qiz, ko‘rinishdan ozarbayjon bo‘lsa kerak, ruscha gapirar, gap-so‘zlaridan anchagina savodli ekanligi ko‘rinib turar edi. Shuhrat, Shinelli yillar
Rahim akaning ovozida odatdagi kesatiqdan asar ham yo‘q, ko‘rinishi sertashvish edi. F. Musajonov, Himmat

3. 3. Ko‘zga ko‘rinib turgan narsa, manzara. Otabek tabiatning shu ko‘rkam va latif ko‘rinishiga maftun bo‘lib bir oz yotgandan keyin uzoq tin olib qo‘ydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. teatr. tr. Dramatik asarda pardaning maxsus dekoratsiya talab etuvchi har bir qismi. Ikkinchi pardaning beshinchi ko‘rinishi. Bir parda, yetti ko‘rinishli she’riy musiqali drama. Guldasta

5. 5. Voqea-hodisa kabilarning muayyan namoyon bo‘lish holati. — Ishga sovuqqonlik, loqaydlik ham, aslini olganda, intizomsizlikning bir ko‘rinishi, — dedi Qurbonova. O‘zbekiston qo‘riqlari
Ammo saxiylik bilan xasislikning boshqacha ko‘rinishlari ham bo‘larkan. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.