1. achchig‘idan tushdi: achchiqlanishdan to‘xtadi
2. bir qorindan talashib tushmoq: bir onadan tug‘ilgan
3. bo‘yniga tushdi: zimmasiga yuklandi
4. chakagi tushmoq: Gapira-gapira charchamoq; biror gapni ko‘p ta’kidlamoq. chakagi tushmoq
5. chuv tushmoq: behudaga sarflamoq, ayrilib qolmoq.
6. dami ichiga tushib ketdi: qo‘rquv aralash hech narsa deyolmay lol bo‘lib qoldi
7. egardan tushmaslik: mavqeini yo‘qotganiga qaramay, o‘zini avvalgiday tutdi
8. esiga tushdi: xotirasida tikladi
9. g‘azabidan tushdi: achchiqlanishdan to‘xtadi
10. gardaniga tushdi: zimmasiga yuklandi
11. ishga tushdi: 1)mehnat qilishni boshladi 2)ishlay boshladi
12. ishi tushdi: biror ish yuzasidan muomalada bo‘ldi, biror masala yuzasidan murojaat qildi
13. ishqi tushdi: sevib qoldi
14. izga tushdi: chetga chiqishlar bartaraf bo‘lib, me’yorga keldi
15. izidan tushdi: qayerga borsa, zimdan ta’qib qilib bordi
16. iziga tushdi I: zimdan yurib butun xatti-harakatini ta’qib qildi
17. iziga tushdi II: chetga chiqishlar bartaraf bo‘lib, me’yorga keldi
18. jahldan tushdi: achchiqlanishdan to‘xtadi
19. jon teriga tushmoq: 1.qattiq tirishmoq, bor kuchini sarflamoq. Jon teriga tushib ishlamoq; 2.qattiq azoblanmoq, azobning, og‘riqning zo‘rligidan majolsizlanmoq, holdan toymoq.
20. ketidan tushdi: qayerga borsa, zimdan ta’qibqilib bordi
21. ketiga tushdi: 1)zimdan yurib butun xatti-harakatlarini ta’qib qildi 2) manfaatdor bo‘lgani holda berilib harakat qildi
22. ko‘ngli joyiga tushdi: xotirjam bo‘ldi, tinchlandi
23. ko‘ngli o‘rniga tushdi: xotirjam bo‘ldi, tinchlandi
24. ko‘ngliga g‘ashlik tushdi: o‘z -o‘zicha tashvish qildi
25. ko‘ngliga g‘ashlik tushgan: 1)qiziqishi yo‘qoldi, zeriktirdi 2)jirkanish hissini uyg‘otdi, bezdirdi
26. ko‘ngliga vahima tushdi: kuchli darajada qo‘rqish hissi uyg‘ondi
27. ko‘nglini joyiga tushirdi: xotirjam bo‘ldi, tinchlandi
28. ko‘zi ko‘ziga tushdi: ko‘z qarashlari bir daqiqa duch keldi
29. ko‘zi tushdi: bexosdan, kutilmaganda ko‘rdi
30. laqqa tushdi: osongina aldandi
31. ma’qul tushdi: yoqdi
32. mehri tushdi: suyib qoldi
33. miyasiga qurt tushmoq: miyasi aynimoq
34. nafasi ichiga tushib ketdi: qo‘rquv aralash hech narsa deyolmay lol bo‘lib qoldi
35. nazari tushdi: bexosdan, kutilmaganda ko‘rdi
36. o‘rtaga tushdi: 1)ikki tarafni murosaga keltirish maqsadida biror janjalga aralashdi 2)jabrdiyda deb hisoblagan kishisini himoya qilib biror janjalli ishga arashdi
37. obro‘yi tushdi: nufuziga zarba yetdi
38. obro‘yini tushirdi: nufuziga zarba yetkazdi
39. og‘ziga tushdi: ko‘pchilik orasida gap-so‘z bo‘ldi yoki ma’lum-mashhur bo‘ldi
40. oldiga tushadigan: ustunlik qila oladigan
41. oq-qorani tushundi: yaxshi-yomonni, foyda-zararni bildi
42. oraga tushdi: 1)ikki tarafni murosaga keltirish maqsadida biror janjalga aralashdi 2)jabrdiyda deb hisoblagan kishisini himoya qilib biror janjalli ishga arashdi
43. orqasiga tushdi: zimdan yurib butun xatti-harakatini ta’qib qildi
44. otdan tushsa ham, egardan tushmaydi: mavqeini yo‘qotganiga qaramay, o‘zini avvalgiday tutadi
45. otdan tushsa ham, uzangidan tushmaydi: mavqeini yo‘qotganiga qaramay, o‘zini avvalgiday tutadi
46. oyoqqa tushov bo‘lmoq: erkin harakatlanishga to‘siq bo‘lmoq, imkon bermaslik
47. payidan tushdi: qayerga borsa, zimdan ta’qib qildi
48. payiga tushdi: 1)zimdan yurib butun xatti-harakatini ta’qib qildi 2)manfaatdor bo‘lgani holda berilib harakat qildi
49. qo‘lga tushdi: 1) tutqun bo‘ldi 2) biror nojo‘ya ish bilan tutildi 3) aldanib, o‘z ixtiyorini berib qo‘ydi
50. qo‘ltig‘dan tarvuzi tushdi: umidi puchga chiqib, bo‘shashdi
51. ruhi tushdi: ruhiy tushkunlikka berildi
52. tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi: umidi puchga chiqib, bo‘shashdi
53. tashvishga tushdi: o‘z-o‘zicha tashvish qildi
54. taxtdan tushmoq: shoxik, xonlik, amirlik lavozimidan ajralmoq, hokimiyat tepasidan tushmoq
55. tegirmonga tushsa, butun chiqadi: har qanday qiyin sharoitdan ham qutulish yo‘lini topa oldi
56. tiliga tushdi: 1) ko‘pchilik orasida gap-so‘z bo‘ldi 2) shuhrat qozondi
57. to‘qqiz puldek qilib tushuntirib bermoq: hushyor savdogar uchun elchining bir imosi kifoya qildi, unga gapni to‘qqiz puldek qilib tugib berishning hojati yo‘q edi.
58. tomdan tarasha tushganday: qo‘qqisdan, kutilmagan holda va qo‘pol tarzda
59. tushida ham ko‘rmaydi: mutlaqo o‘ylamaydi, kutmaydi
60. tushiga kirmaydi: mutlaqo o‘ylamaydi, kutmaydi
61. tushingizni suvga ayting: Bekor aytibsiz, bo‘lmagan gap, aslo unday emas
62. uxlab, tushida ko‘rmaslik: mutlaqo o‘ylamaslik, kutmaslik
63. vahimaga tushdi: qo‘rqqan holda o‘ylanib qoldi
64. yerga kirsa, qulog‘dan tortib chiqaradi, osmonga chiqsa, oyog‘idan tortib tushiradi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi
65. yetti uxlab, tushiga kirmaydi: mutlaqo o‘ylamaydi, kutmaydi
66. yo‘lga tushdi: 1) jo‘nadi, keta boshladi 2)to‘g‘ri yo‘lga qaytdi
67. yodiga tushdi: xotirasida tikladi
68. yog‘ tushsa, yalagudek: nihoyat darajada toza
69. zahridan tushmoq: achchiqlanishdan to‘xtadi
70. zimmasiga tushmoq: javobgar qilindi