Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {siyoh}
So‘z bo‘g‘inlari: si-yoh
Izoh(lar)i:
siyoh ot

1. sft. poet. et. Qora, qora rangli. Ko‘zimga qo‘yibman siyoh surmani, Jonim otam, sevganimga ber mani. Qo‘shiqlar
Qor ketdi zaminda, Bo‘rtdi ilk giyoh, Qorong‘i, siyoh tunda Sham yondi go‘yo. X. Davron

2. ot ko‘chma hma Xat yozish uchun ishlatiladigan rangli suyuqlik. Qora siyoh. Qizil siyoh. Siyoh bilan yozilgan xat. p Oy chiqdi: serbulut osmon xuddi siyoh sachragan zangori ko‘y-lakka o‘xshardi. S. Ahmad, Ufq

3. 3. Ro‘yi siyoh Yuzi qora, qora yuzli. Ro‘yi siyoh bo‘ldik ushbu shaharga, Boshimiz kesadi, osadi dorga. Erali va Sherali

4. esk. ayn. Siyoq. Havoning avzoyi buzuq, yog‘adigan siyohi bor. [Olimovning] Shu zehni, g‘ayrati tursa, kelgusida agronom bo‘lish siyohi bor. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
[Zikriyo qori:} Po‘lat degan shu bo‘ladi, taqsir. Buning ikki dunyoda ham el bo‘ladigan siyohi yo‘q. N. Safarov, Sharqtongi
Shu zehni, g‘ayrati tursa, kelgusida agronom bo‘lish siyohi bor. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ko‘rinish
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: siyoq – [a] Ko‘rinish, shakl, avzo.
Qomus: mavjud emas.

1. dili siyoh bo‘ldi: juda xafa bo‘ldi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.