1. 1. Tashqi ko‘rinish, tus.
Shahrimizning qiyofasi kundan-kunga o‘zgarmoqda.
▬
Go‘yo ulug‘ bir hodisa sodir bo‘lishi kutilayotgandek yer-u ko‘k tantanali qiyofa oldi.
S. Anorboyev, Oqsoy
Zamonning oyog‘ida Qudrat bergan eski choriq, qo‘lida yosh bolaning kallasiday gurzi yuzida g‘ayrat o‘ti — u shu qiyofada Farhodni esga soladi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
O‘sha Elgeldimisan, tomir? Sob bo‘libsan-ku! Bay-bay-bay Odamni ham shunday ayanchli qiyofaga solsa bo‘lar ekan-da.
A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
2. 2. Yuz ifodasi.
Uning qiyofasidan xursand ekanligi ko‘rinardi.
▬
Negadir, hammaning qiyofasi birdan jiddiy tus olgan. Anvarning ko‘zlarida hatto qo‘rquv.
H. Ahmar, Kim haq?
Qiyofamda ranj alomati bo‘ldi shekilli, hamxonam darhol gapni boshqa tomonga burib yubordi.
N. Aminov, Qaltis xato
3. ko‘chma hma Kishining ma’naviy, ruhiy va axloqiy xususiyatlari, ongi, dunyoqarashi, bilim-saviyasi va shu kabilar majmui.
Kishining ma’naviy qiyofasi.
▬
Yoshlarning qilayotgan yillari ularning qiyofasini belgilab beradi.
Gazetadan