1. a’zoyi badandan ter chiqib ketmoq: ruhiyatida juda keskin o‘zgarish sodir bo‘ldi ruhiyatini juda keskin o‘zgartirdi.
2. asakasi ketmoq: kam bo‘lib qolmaydi.
3. asfalasofilinga ketmoq: 1.chuqurlikka, jarlikka tushib ketmoq; 2.ko‘chma halok bo‘lmoq, halokatga uchramoq
4. badanidan o‘tib ketdi: 1) jismiga chuqur ta’sir qildi 2) ruhiga chuqur ta’sir qildi
5. barakasi ketmoq: serobligi yo‘qoldi, mo‘lligi barxam topdi.
6. besh ketmoq: 1.pirra (karta) o‘yinida besh ochko olmoq; 2.gapni yoki ishni o‘rinlatib bajaruvchi odamga tan bermoq, qoyil qolmoq
7. beti ochilib ketgan: uyalmaydigan bo‘lgan
8. bo‘sh ketmoq: bekor ketmoq, zoye bo‘lmoq
9. boshi bilan sho‘ng‘ib ketdi: butunlay berilib ketdi
10. boshini olib ketdi: butunlay tashlab ketdi
11. bu qulog‘dan kirib, u qulog‘dan chiqib ketadi: e’tibor bermaydi, xotirasida tutib qololmaydi
12. dami ichiga tushib ketdi: qo‘rquv aralash hech narsa deyolmay lol bo‘lib qoldi
13. darz ketmoq: biror kuch, harakat ta’sirida putur yetmoq, zarbaga uchramoq, buzilmoq.
14. dong‘i dog‘istonga ketdi: ma’lum-mashhur bo‘ldi
15. dong‘i ketdi: ma’lum-mashhur bo‘ldi
16. dovrug‘i ketdi: ma’lum-mashhur bo‘ldi
17. dunyodan ketdi: qazo qildi, o‘ldi
18. esi chiqib ketdi: nihoyatda qattiq qo‘rqdi
19. esi ketdi: 1)qiynalib holsizlandi 2)qayta–qayta mehribonlik, xayrixohlik bildirdi
20. esi ketib: berilib, mahliyo bo‘lib
21. esi og‘ib ketdi: xayoli biror narsa haqidagi o‘y– xotiralar haqida band bo‘ldi
22. et- etidan o‘tib ketdi: 1) jismiga chuqur ta’sir qildi 2) ruhiga chuqur ta’sir qildi
23. holdan ketdi: toliqdi, darmonsizlandi
24. holdan ketkazdi: toliqtirdi, darmonsizlantirdi
25. hushi ketdi: mahliyo bo‘lib qoldi
26. hushidan ketdi: behush bo‘ldi
27. jahondan ketdi: qazo qildi, o‘ldi
28. jon-jonidan o‘tib ketdi: 1) jismiga chuqur ta’sir qildi 2) ruhiga chuqur ta’sir qildi
29. jon-jonidan o‘tib ketdi: 1)jismonan va alamli ta’sir qildi, qaqshatdi
30. jon-poni chiqib ketdi: nihoyatda qattiq qo‘rqdi
31. kallasi g‘ovlab ketdi: o‘ylayverib gangidi
32. katta ketdi: imkoniyatiga ortiqcha baho berdi
33. ketidan tushdi: qayerga borsa, zimdan ta’qibqilib bordi
34. ketiga tushdi: 1)zimdan yurib butun xatti-harakatlarini ta’qib qildi 2) manfaatdor bo‘lgani holda berilib harakat qildi
35. ko‘zi chig‘anog‘idan chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi
36. ko‘zi ketdi: uxlay boshladi
37. ko‘zi kosasidan chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi
38. ko‘zi ola-kula bo‘lib ketdi: olayib qaradi
39. ko‘zi ola-kula bo‘lib ketdi: olayib qaradi
40. ko‘zi qinidan chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi
41. ko‘ziga ko‘rinib ketdi: birdaniga xotirasida gavdalandi
42. ko‘zining paxtasi chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi
43. mazasi ketdi I: sog‘ligi yomonlashdi
44. mazasi ketdi II: biror ishi yomonlashib, inqirozga yuz tutdi
45. miyasi g‘ovlab ketdi: o‘ylayverib gangidi
46. mukkasidan ketdi: o‘zini tiya olmaslik darajasida berilib ketdi
47. nafasi ichiga tushib ketdi: qo‘rquv aralash hech narsa deyolmay lol bo‘lib qoldi
48. o‘tib ketdi I: vafot yetdi
49. o‘tib ketdi II: 1)jismonan va alamli ta’sir qildi, qaqshatdi 2)ruhan alamli ta’sir qildi
50. o‘zidan ketdi: behush bo‘ldi
51. og‘zidan ona suti ketmagan: hali yosh, tajribasiz
52. olamdan ketdi: qazo qildi, o‘ldi
53. ona suti og‘zidan ketmagan: hali yosh, tajribasiz
54. pinakka ketdi: 1)uxlab qoldi 2)xayolga cho‘mdi
55. qo‘ldan ketdi: kimningdir hukmidan, ixtiyoridan chiqib ketdi
56. shishib ketgan: kibrlandi, gerdaydi
57. shishib ketgan: gerdayib ketdi, kibrga berildi
58. siqilib ketgan: ziq bo‘lgan
59. suyak-suyagidan o‘tib ketdi: 1) jismiga chuqur ta’sir qildi 2) ruhiga chuqur ta’sir qildi
60. tegib ketdi: gap-so‘zi ta’sir qildi
61. tepa sochi tikka bo‘lib ketdi: bir lahzaning o‘zida nihoyatda g‘azablandi
62. terisiga sig‘may ketdi: behad sevindi
63. titig‘i chiqib ketibdi: 1. titilib, to‘zib uvadasi chiqibdi, juldur-juldur, dabdala bo‘libdi 2. ko‘chma dabdalasi, majag‘i chiqibdi, tor-mor bo‘libdi
64. u qulog‘idan kirib, bu qulog‘idan chiqib ketdi: e’tibor bermay, xotirasida tutib qololmaydi
65. xayolidan nari ketmaslik: nima Unuta olmaslik, ko‘z oldida doim namoyon bo‘lmoq
66. yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmadi: nomus qilganidan o‘zini qayoqqa olib qochishni bilmadi
67. yerga kirib ketmoq: qattiq izza bo‘ldi, o‘sal bo‘ldi
68. yuragi chiqib ketdi: bir lahzada kuchli hayajonlanish bilan qattiq qo‘rqib ketdi
69. yuragi orqasiga tortib ketmoq: bir lahza ich-ichidan qo‘rqish aralash qattiq hayajonlandi
70. yuragi shig‘ etib ketdi: bir lahza ich–ichidan qo‘rqish aralash hayajonlandi
71. yuragi tars yorilib keta yozmoq: sabr–chidami tugab, xunob bo‘lib ketdi
72. zoye ketmoq: befoyda sarflandi