1. 1. Gavdaning qoringa nisbatan ters tomoni, bo‘yindan dumg‘azagacha bo‘lgan qismi.
Qo‘lni orqasiga qilib yurmoq.
▬
Mingboshi yerda g‘ujanak bo‘lib yotgan Matqovulning orqasiga qamchini shilp etkizib tushirdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Saidiy eshikka orqasini berib o‘tirar edi.
A. Qahhor, Sarob
2. 2. Narsalarning ters yoqdagi qismi, yuz, bet, old tomoniga teskari tomoni, teskarisi.
Suratning orqasi. Teshaning orqasi.
▬
Samandarov chiroqning piligini ko‘tardi, qalamning orqasi bilan stolni qoqib, g‘ovurni bosdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Chinnigul darvoza tagiga yetganda, orqasiga qayrilib qaradi-yu, ichkariga kirib ketdi.
S. Zunnunova, Ko‘k chiroq
Ona shu so‘zlarni aytib, o‘tirgan yeridan kaftlarining orqasini yerga tirab, turdi.
Shuhrat, Shinelli yillar
3. 3. Narsa yoki kimsaning yuz, bet, old tomoniga qarshi tomon; ort.
Orqaga qaramoq. Uyning orqa devori.
▬
Shu onda orqasidan gurullab avtomobil kelib qoldi.
A. Qahhor, Karavot
Yo‘ldosh orqadan asta kelib, El-murodning ko‘zini ikki qo‘li bilan bekitdi.
Shuhrat, Shinelli yillar
4. 4. Ortda, keyinda joylashgan.
Velosipedning orqa g‘ildiragi. Til orqa tovushlari (grammatika).
5. 5. Ortda qolgan, o‘tilgan yo‘l; shaxs yoki predmet chiqib kelgan tomon; harakat yo‘nalgan tomonning aksi.
[Otabek] Eshik zanjiriga qo‘lini olib borgani holda o‘ylanib to‘xtadi va eshikni ochmay, orqasiga qaytdi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Olg‘a bosish, har holda, orqaga qaytishdan xatarli emas.
A. Qahhor, Maston
6. ko‘chma hma Homiy, suyanchiq, tirak.
Tog‘dan orqasi bo‘lganning toshdan yuragi bo‘lar.
Maqol
7. 7. 3-shaxs egalik va jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklari qo‘shimchalari bilan ko‘makchi vazifasida ishlatiladi (orqasida, orqasidan).
8. yoki oki (Birovning) orqasidan kesak (tosh) otmoq
9. 9. 1) ikkinchi qaytib kelmasligini tilab la’natlamoq;
10. 10. 2) kimsaning orqasidan uni yomonlab g‘iybat qilmoq.