Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yo‘qol}
So‘z bo‘g‘inlari: yo‘-qol
Izoh(lar)i:
yo‘qol fl

1. 1. Yo‘qlik kasb etmoq, mavjudligi barham topmoq; yo‘q bo‘lmoq. Sayyoramizda qancha tog‘lar yo‘qolib, yana qancha yangilari paydo bo‘ldi. Fan va turmush
Suv qurib, Qo‘shtegirmon allaqachon yo‘qolib ketgan, oti qolgan, xolos. A. Muxtor, Opa-singillar

2. 2. Mavjud joyini tark etmoq, yo‘q bo‘lmoq. Uyda tutun yo‘qolgan bo‘lsa-da, achchiq hid darrov uning burniga urildi. Oybek, Tanlangan asarlar
Omonning yuzidagi tabassum yo‘qoldi, o‘ylanib, jiddiy ohangda gapirdi. S. Karomatov, Oltin qum

3. 3. Ko‘zdan yo‘q bo‘lmoq, ko‘rinmaydigan holat kasb etmoq; yo‘q bo‘lmoq. Arg‘imchoq uchganday, bolalar suvda baland-past bo‘lib, goh yo‘qolib, goh ko‘rinib, orqaga qaytishardi. H. Nazir, Yonar daryo
Qora Ahmad bir hujraga kirib, uzoq vaqt yo‘qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. 4. Bor-yo‘qligi, kimda, qayerdaligi noma’lum holat kasb etmoq; yo‘q bo‘lmoq. Ot yo‘qoldi. Pul yo‘qoldi. Yo‘qolgan pichoqning sopi oltin. Maqol
Qizim yo‘qoldi. Qayoqqa uchdi, bilmayman. Oybek, Tanlangan asarlar

5. s. t. t. Ketmoq. Har tugul, bu kun uyiga yo‘qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ket
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Bor – jo‘na – yo‘qol – yo‘qolib ket – daf bo‘l – qorangni o‘chir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgidagi salbiylikning ortib borishiga ko‘ra )

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.