Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rav}
So‘z bo‘g‘inlari: rav
Izoh(lar)i:
rav ot

1. Bir on, vaqt, bir lahza, bir dam, bir zum. Rav ichida shuncha ishlar bo‘lib ketibdi.

2. rvsh. sh. Qisqa vaqtda, darrov, tez. Rav kelib, rav ketmoq. ▬ Men rav borib kelaman. Andak kutasizlar. Sh. Toshmatov, Erk qushi
Bir rav siz bilan uchrashib ketay, dedim. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ket
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Dravid tillar oilasi – Hindistonning janubi-sharqi va janubi-g‘arbi, shuningdek, Seylon orolining shimolida yashovchi aholining tili. Bu oilaga tamil, malayalam, kannara, telugu, broxui va boshqa bir qancha kichik tillar kiradi

Ravish–harakat-holatning belgisini bildiruvchi, o‘zgarmas mustaqil so‘z turkumi.

Ma’noviy xususiyati. Ravish harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o‘rni, daraja-miqdorini bildiruvchi va qanday, qachon, qayer, qancha singari so‘roqqa javob bo‘luvchi so‘z: astoydil o‘qimoq, harbiychasiga qasamyod, hamisha navqiron.

Morfologik belgisi: Ravish morfologik jihatdan o‘zgarmaydi, ya’ni lug‘aviy shaklga ega emas va aloqa-munosabat shaklini ham olmaydi. Ayrim ravish tarkibida uchraydigan egalik (kechasi), kelishik (undabunda, olg‘a, jo‘rttaga, to‘satdan, birdan) shakllari so‘z bilan yaxlitlangan, ma’noli qismga ajratilmaydi: hozirdan, tezda, ilgarilari, kechqurunlari.

Sintaktik belgisi: Ravish boshqa so‘zga bitishuv yo‘li bilan birikadi. Gapda hol (Kechasi ishlaydi) vazifasida keladi. Ba’zan aniqlovchi bo‘lib keladi: mahsichang odam.

Ravishning ma’noviy guruhlari. Ravish ma’no jihatidan quyidagi guruhga bo‘linadi:

Holat ravishi: fidoyilarcha, chalqancha(siga), chambarchas, eranqaran, yaxshilikcha, boshdanoyoq, ochiqchasiga, ohista, paydarpay, piyoda, pinhona, surunkasiga, sidirg‘asiga, tekin, to‘g‘ridanto‘g‘ri, tiriklayin, tikkamatikka, tekinga, to‘satdan, tezda, tezlikda, teskarisiga, uzunasiga, boshmabosh, butunisicha, butunligicha, vahshiyona, vijdonan, dabdurustdan, darrov, darhol, daf’atan, zo‘rg‘a, zimdan, yo‘lyo‘lakay, ko‘rko‘rona, nariberi, oldinmakeyin, yangicha, yangitdan, o‘zidano‘zi, o‘zicha, qayta, qat’iyan, qiyg‘os, arang, badastir, bekamiko‘st, bajonudil, bahuzur, bazo‘r, baloday, bamaylixotir, bamaslahat, banogoh, baravariga, baralla, basmabas, bafurja, bahamjihat, bahodirona, beayov, bevosita, bedarak, beijozat, beixtiyor, bekitiqcha, beso‘roq, betinim, betmabet, beto‘xtov, bexos/bexosdan, bilinarbilinmas, aksincha, bira to‘la, birmabir, birvarakay(iga), birga(likda), birdan(iga), birinketin, bosim (ishlamoq), qo‘qqisdan.

Darajamiqdor ravishi (harakat va holatni bajarishdagi miqdor-darajani bildiradi, umumiy so‘rog‘i qancha?): arang, batamom, baqadrihol, baholiqudrat, bag‘oyat, birnav’i, beadad, birmuncha, butunlay, bazo‘r, deyarli, jilla, jichcha, jinday, juda (ham), zarracha, zinhorbazinhor, mutlaqo, rosa, ozmiko‘pmi, ozmuncha, sal, salpal, sira, talay, tegishlicha, yetarlicha, tirnoqcha, xiyol, xiyla, o‘lguday, qittak.

O‘rin ravishi: u yerga (da, dan), bu yerga (da, dan), shu yerga (da, dan), u yoqqa (da, dan), olg‘a, o‘rtaga (da, dan), hech yoqqa (da, dan), nariberi (surmoq), ilgariga (da, dan), tashqariga (da, dan), quyiga (da, dan), chapga (da, dan), o‘ngga (da, dan).

Payt ravishi: tongla, uzzukun, umrbod, undabunda, endi, erta, ertalab, ertaindin, ertaindin, erta-yu kech, eskidan, yaqinda, o‘qtino‘qtin, qadimdan, hali, halitdan, haliberi, hozir, hamisha, hamon, hanuz, avval, ahyonahyonda, bugun, barvaqt, ba’zan, ba’zida, birpas, boya, bultur, vaqtincha, gohida, goho, dastavval, dastlab, doim/doimo, ilalabad, ilgari, indinga (da, dan), keyin, kechakunduz, kechasi, kunduzi, mangu, muqaddam, mudom, orasira, oxiri, ondasonda, so‘ng//so‘ngra,

Maqsad ravishi: atay, atayin, ataylab, azzabazza, jo‘rttaga, qasddan.

Sabab ravishi: noiloj, noilojlikdan, bekordanbekorga, chornochor.

Sifat kabi ravishni ham ma’no turiga ajratish nisbiy. Chunki ko‘chma ma’noda qo‘llangan ravish bir ma’no turidan boshqasiga o‘tib ketadi: Ishxonamiz yaqinda joylashgan –o‘rin ravishi. Yaqinda qishloqqa boraman –payt ravishi. Partalarni nariberi surdik— o‘rin ravishi. U nariberidars qildi— holat ravishi.

Ravish yasalishi. Ravish qo‘shimcha qo‘shish va so‘z qo‘shish usuli bilan yasaladi.

Qo‘shimcha qo‘shish – ravish yasalishining keng tarqalgan usuli. Bu usul bilan yasalgan ravishning asosi quyidagi turkumlarga mansub bo‘ladi:1. Ot: yaxshilikcha, domdaraksiz, do‘stona, beixtiyor. 2. Sifat: qat’iyan, mardlarcha, yaxshilab, tiriklay. 3. Son: bittalab. 4. Olmosh: butunlay, o‘zicha, yalpisicha.5. Ravish: ko‘pincha, hozircha, ko‘plab, keyincha. 6. Fe’l: erkalangansimon, uyalgannamo, to‘xtovsiz. 7. Modal: keragicha, boricha.

Qo‘shimcha qo‘shishorqali ravish yasalishi:

Qo‘shimcha

Xususiyati

Yasalma

Asos

an:

unumsiz

tasodifan, vijdonan, taxminan, fikran, xayolan, ruhan, rasman, qat’iyan, majburan

ot,sifat,

modal

bar:

unumsiz

Barvaqt

Ot

be:

 

beijozat, beixtiyor, bevosita, bedarak, bemalol, betinim, bevaqt

Ot

iga//siga:

 

surunkasiga, nomiga, qatorasiga, uzunasiga, rostakamiga, ko‘ndalangiga, tikkasiga, chinakamiga, birdaniga, qanaqasiga, yalpisiga

ot, sifat, ravish, olmosh

lab:

 

oylab, donalab, harflab, haftalab, bo‘g‘inlab, yaxshilab, bittalab, ko‘plab

ot, sifat, son, ravish

lay/layin:

unumsiz

tiriklayin, yoshlayin, butunlay

sifat, olmosh

larcha:

 

qahramonlarcha, bolalarcha, do‘stlarcha, otalarcha, vahshiylarcha, mardlarcha, yovvoyilarcha, telbalarcha

ot, sifat,

ligicha:

 

yangiligicha, xomligicha, butunligicha

sifat

namo:

 

hazilnamo; oliftanamo (gerdaymoq), uyalgannamo (yuzini chetga burmoq)

ot, sifat, sifatdosh shakl

n//in:

tarixiy yasalish

yozinqishin, oldin; ochinto‘qin; ertan, kechin.

ot, sifat, ravish

ona:

 

do‘stona, mardona, xolisona, oqilona, fidokorona, itoatkorona

ot, sifat

siz:

yasama so‘z sifat, keyin ravishga ko‘chgan

domdaraksiz, navbatsiz, to‘xtovsiz

ot, harakat nomi

simon:

 

hazilsimon, xafasimon, erkalangansimon

ot, sifat, fe’lning sifatdosh shakl

cha:

 

tirnoqcha, qishloqcha, yaxshilikcha, osonlikcha, o‘g‘rincha (n orttirilgan), o‘zbekcha, vaqtincha (in orttirilgan), o‘zgacha, boshqacha, yangicha, yashirincha, sizcha, o‘zicha, istagancha, ko‘pincha (in orttirilgan), hozircha, keyincha, keragicha, boricha

ot, sifat, olmosh, fe’lning sifatdosh shakli, ravish, modal

chasiga:

 

qishloqchasiga, dehqonchasiga, soldatchasiga, yigitchasiga, mo‘g‘ulchasiga, ochiqchasiga, harbiychasiga

ot, sifat

chang:

unumsiz

mahsichang, ko‘ylakchang

Ot

- aki

unumsiz

yodaki, zo‘raki

ot, sifat

 

So‘zga so‘z qo‘shib ravish yasash. Bu yo‘lbilan qo‘shma ravish yasaladi. Qo‘shma ravish tarkibi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

1) u/bu/shu/o‘sha ko‘rsatish olmoshi + yer/yoq/ora/o‘rtaoti: u yerga, bu yerda, shu yerdan, o‘sha yoqdan, bu orada, shu o‘rtada.

2) shu/o‘sha ko‘rsatish olmoshi + kun/zamon/vaqt/on/asnooti: shu kuni, o‘sha zamon, shu zamon, shu zahoti, shu onda, shu asnoda.

3) har belgilash olmoshi + bosh/o‘rin kelishigidagi so‘z: har kuni, har yili, har yoqqa, har yerda, har taraf, har dam, har zamonda, har gal, har yoqdan, har lahza.

4) bir soni+bosh/o‘rin-payt kelishigidagi so‘zlar: biryo‘la, bir kuni, bir dam, bir zumda, bir nafas, bir pas, bir on, bir onda, bir boshdan, bir zamon, bir tekis, bir oz, birmuncha, bir talay, bir nav.

5) hamma olmoshi+yoq/vaqt/zamon/joy/yer: hamma yoq, hamma vaqt, hamma zamonda, hamma joy, hamma yer.

6) qay olmoshi + vaqt/choq/zamon/payt/mahal: qay vaqt, qay choq, qay zamon, qay payt, qay mahal.

7) alla olmoshi+ mahal/nechuk/payt/zamonlar: allamahal, allanechuk, allapayt, allazamonlar.

Ravishning tuzilishiga ko‘ra turlari. Ravish tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft va takroriy bo‘ladi.

Sodda ravish bir asosdan tashkil topib, yasovchi qo‘shimcha olish/olmasligiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:

1)sodda tub: oz, erta, indin, bultur, kecha, avval; birdan, birga, qo‘qqisdan, yaqinda, bugun, tez, sekin, sal, ko‘p, kechasi;

2)  sodda yasama: tiriklayin, yangicha, mardona, qahramonlarcha, ko‘pincha, betinim.

Qo‘shma ravish birdan ortiq asosdan tashkil topadi:

1)  u/bu/shu/o‘sha + yer/yoq/ora/o‘rta: u yerga, bu yerda, shu yerdan, o‘sha yoqdan, bu orada, shu o‘rtada;

2)  shu/o‘sha+kun/zamon/vaqt/on/asno: shu zamon, shu zahoti, shu onda, shu kuni, shu asnoda, o‘sha zamon;

3)  har+bosh/o‘rin kelishigidagi so‘z: har dam, har zamonda, har gal, har yoqdan, har kuni, har yili, har yoqqa, har yerda, har lahza, .har taraf;

4)  bir+bosh/o‘rin kelishigidagiso‘z: bir pas, bir on, bir onda, bir boshdan, bir zamon, bir tekis, bir oz, birmuncha, bir talay, bir nav, biryo‘la, bir kuni, bir dam, bir zumda, bir nafas;

5)  o‘zlashma so‘z: baqadrihol, bajonudil, baholiqudrat.

Juft ravishikki ravishning juftlashuvidan yuzaga keladi. Juft ravish qismlarining mustaqil ishlatilishi yoki ishlatilmasligiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1)  ikki qismi ham yakka ishlatiladi: ozmiko‘pmi, erta-yu kech, kechakunduz, qishinyozin/yozinqishin, tunkun, ertaindin, uzilkesil, urasura, undabunda, astasekin, yanatag‘in, esonomon;

2)  qismidan biri yakka ishlatilmaydi: orachora, ro‘yrost, salpal, chalachulpa, eminerkin, hudabehuda, ozmoz, domdaraksiz, mo‘lko‘l, orasira;

3)  ikki qismi ham yakka holda ishlatilmaydi: ondasonda, eranqaran, o‘ldajo‘lda, azzabazza, apiltapil, imijimida.

Takroriy ravishot, sifat, son, olmosh, fe’l va ravishning takror qo‘llanishidan yuzaga keladi. Takroriy ravish tub yoki yasama asosli bo‘lishi mumkin:

1)  takroriy yasama: galmagal, birmabir, yo‘lyo‘lakay, o‘qtino‘qtin, eses, qaytaqayta;

2)  takroriy tub: astaasta, birgabirga, darajamadaraja, sekinsekin, zinhorbazinhor, teztez, to‘g‘ridanto‘g‘ri, sirasira, ahyonahyonda.

Ravish turkumi tahlili. Ravish turkumi tahlili– ravishning turi, unga xos xususiyatni aniqlashga qaratilgan morfologik tahlil. Unda quyidagilar aniqlanadi: 1. Qaysi lug‘aviy mazmuniy guruhga mansubligi. 2. Morfologik tarkibi. 3. Yasalishi. 4. Tuzilishiga ko‘ra turi. 5. Gapdagi vazifasi.

Namuna: Kunduzi hamma ishga ketadi, kechasi esa hovlida odam gavjum. Payt ravishi; morfologik tarkibi ajralmas holga kelgan; tub; sodda, hol.

 

1. arava(si)ni tortmoq : -

2. aravangni tort: -

3. aravani baravar tortmoq: -

4. aravani o‘z tortmoq: -

5. aravani o‘zi tortmoq: -

6. aravani olib qochmoq: -

7. aravani quruq olib qochdi: uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtandi

8. aravani quruq olib qochmoq: aravani quruq olib qochmoq

9. aravani tortmoq: -

10. aravasini o‘z tortmoq: -

11. aravasini o‘zi tortmoq: -

12. aravasini tortmoq: -

13. baravar kelmoq: 1.turli ko‘rsatkich va belgilariga ko‘ra bir xil chiqmoq; 2.muvozanatga kelmoq, tenglashmoq. 3.ko‘chma biror harakatda (janjalda, munozarada, kurashda) teng kelmoq, bas kelmoq. 4.«teng, bir xil» ma’nolaridagi kesim vazifasida.

14. besh barmoq baravar emas: -

15. dilini ravshan qilmoq: -

16. hojatini ravo qilmoq: kim kimning Hojatini chiqarmoq, tilagini amalga oshirmoq.

17. husni bozorining ravnaqi kechmoq: -

18. ko‘ngil ravshan : -

19. ko‘ngil ravshan tortmoq: -

20. ko‘ngli ravshan : -

21. ko‘ngli ravshan tortmoq: -

22. o‘z aravani o‘zi sudramoq: -

23. o‘z aravani tortmoq: -

24. o‘z aravasini o‘zi sudramoq: -

25. o‘z aravasini tortmoq: -

26. oy tuynukka, arava eshikka kelganda: -

27. quruq aravani olib qochdi: uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtandi

28. quruq aravani olib qochmoq: -

29. quruq aravani olib qochmoq : -

30. quruq aravani olib qochmoq: -

31. ravo ko‘rmoq: -

32. teng baravar: baravar ikki yoki bir necha qismga ajratmoq; baravar

1. Aniq – ochiq – yaqqol – ravshan – yorqin – oydin – ayon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kitobiylik belgisining kam-ko‘pligiga ko‘ra)

2. Ravshanlanmoq – oydinlashmoq – ayon bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra ko‘ra)

3. Yorug‘ – nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(oydinlik belgisining kuchiga ko‘ra)

4. Yorug‘- nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.