1. 1. Muhtojlikda yashovchi, tirikchilik uchun kerakli narsasi yetarli bo‘lmagan; qashshoq, faqir, bechora.
Kambag‘al dehqon. Kambag‘al oila.
▬
Kambag‘al yigit endi yorug‘da hamma otlarni ayrim-ayrim ko‘zdan kechirdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
O‘quvchilarning qariyb hammasi kambag‘allarning bolalari bo‘lgani uchun, G‘ulomjon ota-onalar bilan maslahatlashib, ularga har kun issiq ovqat qildirib berib turdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
2. 2. Yetarli bo‘lmagan; kam, yetishmaydigan.
Suvga kambag‘al yer. So‘zga kambag‘al odam.
3. ko‘chma s. t. t. Mushkul yoki ayanchli ahvolga tushib qolgan kishi; sho‘rlik, boyoqish, bechora.
Yo‘lchi qachon kelar ekan, kelganda ham nima qilardi, bo‘zbola, kambag‘al.
Oybek, Tanlangan asarlar