Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {boy}
So‘z bo‘g‘inlari: boy
Izoh(lar)i:
boy sf

1. 1. Mol-dunyosi, davlati, boyligi ko‘p; badavlat, davlatmand. Boy odam. Faqir piyoda yurar. Boy — tuyada. Maqol
Chorakor choraklab olar, boy akam — botmonlab. Maqol
Xo‘jayinning dadasi katta boy edi, mol-mulkni behad yiqqan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Yoshligimda boylar eshigida qarol-lik qilganman. Gazetadan

2. 2. Iqtisodiy jihatdan mustahkam, hech narsadan kamchiligi, muhtojligi yo‘q; to‘kis, badavlat. Yurt boy bo‘lsa, uning bozori ham to‘kin bo‘ladi. U. Normatov, Talant tarbiyasi
Biz boy ekanmiz, deb qazilmalarning kulini ko‘kka sovurdik. Fan va turmush

3. 3. (ko‘pincha jo‘nalish kelishigidagi so‘z bilan). Tarkibida, bag‘rida kerakli va foydali narsalar ko‘p, mo‘l. Temirga boy ruda. Yeri boyning eli boy. Maqol
O‘zbekiston zamini ham ma’danlarga boy. Fan va turmush
Bular ham dorivor moddalarga boy, ham ozuqabop o‘simliklardir. Fan va turmush
Jiyda gulining atirga boy hidi ufurib turibdi. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

4. 4. Biror narsasi, jihati, xususiyati yetarli darajada, to‘la-to‘kis, bekam-u ko‘st. Boy til. Boy tajriba. Boy kutubxona. Otasi o‘zining boy kutubxonasi bilan bejiz faxrlanmasdi. K. Yashin, Hamza
Iskandar havas va taajjub bilan binolarga, boy jihozlarga, ayniqsa nozik san’at buyumlariga, eshik va derazalarga nazar tashlab qo‘yardi. Oybek, Nur qidirib
O‘tgan har bir kun serzavq, sermazmun, turli voqealarga boy bo‘ldi. Gazetadan
Uning xotirasi hayratda qolarli darajada boy va tiniq edi. Gazetadan

5. s.t. shv. hv. (odatda egalik qo‘shimchalari bilan) Er; turmush o‘rtog‘i. Boyim uyda yo‘q edilar. Och kishi moy tanlamas, qari qiz boy tanlamas. Maqol
Aylanayin boyimdan, Kishnoqi shu toyimdan. Boychechak
Man bildim: ammamning boyi o‘libdi, Bilsang, ammam yesir bo‘lib qolibdi. Intizor

6. 6. Boylarga murojaatda yoki ular haqida so‘z borganda, ularning nomi o‘rnida yoki nomiga qo‘shib ishlatiladi. Boy ota! Bu gapni bir aytdingiz, yana qaytib gapirmang! Hamza, Boy ila xizmatchi
Xushxabarlar mana endi janobingizdan bo‘ladi-da, boy pochcha. Hamza, Paranji sirlari
Nihoyat, ichkari hovli eshigi taraq etib ochilib, Mirodilboy ko‘rindi. U. Ismoilov, Saylanma

7. 7. Kishi ismining tarkibiy qismi bo‘lib keladi: Boltaboy. Teshaboy, Jo‘raboy.

1. boy I Sifat
badavlat; mo‘l-ko‘l; har xil va ko‘p

2. boy II Ot
badavlat odam

3. boy III Ot
yutqazmoq (boy bermoq)

Paronimi: mavjud emas.

O‘zbek tili leksikasi bir qancha manba asosida boyib, rivojlanib boradi. Uni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) ichki imkoniyat; 2) tashqi imkoniyat.

Birinchisi ichki manba, ikkinchisi tashqi manba deyiladi: 1. O‘zbek tili lug‘at tarkibining birinchi yo‘l bilan boyib borish imkoniyati juda keng. Masalan: a) ilgari qo‘llanib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so‘zdan yangi tushunchani ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi so‘z yasash: uyali (telefon), omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqa; d) shevaga xos so‘zni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «o‘xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma’nosida. 2. O‘zbek tili lug‘at tarkibi tashqi manba asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda ichki imkoniyati asosidagina rivojlanadigan til yo‘q. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani tilimizning ichki imkoniyati asosida ifodalab bo‘lmagandagina tashqi manbaga murojaat qilish foydali. Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy ham shunga da’vat qilgan. Keyingi davrda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so‘z yangi tushuncha bilan birgalikda kirib keldi. Masalan: monitoring, diler, skaner kabi. Buning hammasi o‘zbek tili leksik imkoniyatini kengaytirib, boyitmoqda.

1. boy berdi: 1)yutqizdi 2)behuda, befoyda o‘tkazdi

1. Boya – hozir – endi
Ma’nosiga ko‘ra
(zamonga nisbatan oldin-keyinligiga ko‘ra)

2. Boyaqish – bechora – sho‘rlik – notavon – ojiz – aftoda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(achinish belgisining kuchliligiga ko‘ra )

3. Chol – keksa – qariya – qari – mo‘ysafid – oqsoqol – boboy
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

4. Endi – hozir – boya
Ma’nosiga ko‘ra
(payt zamoniga ko‘ra)

5. Faqir – kambag‘al – o‘rta hol – boy – badavlat
Ma’nosiga ko‘ra
(moddiy ta’minotning yaxshi-yomonligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.