Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bechora}
So‘z bo‘g‘inlari: be-cho-ra
Izoh(lar)i:
bechora [be-cho-ra ]

1. Yashash uchun zarur narsalarga yetarli darajada ega bo‘lmagan; qashshoq. Boymi, bechorami, ishqilib, ro‘zg‘or mashaqqatini yelkasidan uzmaydigan bir odam bo‘lsa, to‘yni boshlarmiz, sabr qil. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Mushkul, ayanchli ahvolga tushib qolgan, chorasiz, ilojsiz. Mushkul, ayanchli ahvolga tushib qolgan, chorasiz, ilojsiz. Hamza, Boy ila xizmatchi

3. Achinish, ayanch hissini ifodalaydi va ma’no jihatidan “boyoqish“, sho‘rlik so‘zlariga to‘g‘ri keladi. Bu fojiadan usta Olim, voy bechora-bechora der edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Boyaqish – bechora – sho‘rlik – notavon – ojiz – aftoda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(achinish belgisining kuchliligiga ko‘ra )

2. Kambag‘al – qashshoq – bechora – faqir – miskin
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

3. Kambag‘al – qashshoq – bechora – faqir – yo‘qsil – gado – bechorahol – miskin
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.