Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qashshoq}
So‘z bo‘g‘inlari: qash-shoq
Izoh(lar)i:
qashshoq ot

1. O‘ta kambag‘al, faqir; faqirona. Qiziq ekansan bu yerdagilar hammasi gadoydan non tilaydigan qashshoqlar Oybek, Tanlangan asarlar
O‘shning baland-past loy tomlari shahardagi qashshoq hayotning guvohidek mung‘ayib turibdi. S. Karomatov, Oltin qum
Ro‘zimatning otasi juda qashshoq yashar, meshkobchilik bilan kun ko‘rib, oilasini boqolmas edi. Tuyg‘un, Shoir haqida haqiqatlar

Sinonim(lar)i: kambag‘al [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Kambag‘al – qashshoq – bechora – faqir – miskin
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

2. Kambag‘al – qashshoq – bechora – faqir – yo‘qsil – gado – bechorahol – miskin
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.