Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {faqir}
So‘z bo‘g‘inlari: fa-qir
Izoh(lar)i:
faqir [fa-qir ]

1. Moddiy jihatdan nochor, kambag‘al, qashshoq; muhtoj. Javob ololmadi hech kim ham zotan: Na sulton, na gado, na shoh, na faqir. A. Oripov, Yillar armoni

2. Birinchi shaxs o‘rnida yoki “men“, biz olmoshlari bilan birlikda ishlatilib, so‘zlovchining kamtarlik qilayotganini ifodalaydi Tabibiy entikdi: — Faqiringiz vijdonim buyurgan gapni aytdim. S. Siyoyev, Yorug‘lik

Sinonim(lar)i: kambag‘al [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: paqir Suyuqlik solinadigan idish, chelak; ikki tiyinlik chaqa.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Faqir – kambag‘al – o‘rta hol – boy – badavlat
Ma’nosiga ko‘ra
(moddiy ta’minotning yaxshi-yomonligiga ko‘ra)

2. Faqir – miskin – aftoda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq -kamligiga ko‘ra)

3. Kambag‘al – qashshoq – bechora – faqir – miskin
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

4. Kambag‘al – qashshoq – bechora – faqir – yo‘qsil – gado – bechorahol – miskin
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.