1. tar. ar. Qo‘shinning oldingi qismi, avangardi.
Yarim kechada Boburning ilg‘orlari darvozaga sekin yaqinlashganlarida, Abu Yusuf va Muhammad Sultonning navkarlari darvozaxona ustidan ularga kamon o‘q otib, bir qancha kishini yarador qildi.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. ko‘chma hma Ishda, taraqqiyotda oldinda boruvchi, peshqadam.
Paxtachilik ilg‘orlari.
▬
Biz kelajak taraqqiyotiga, barcha ilg‘or mamlakatlardagi singari, dunyoviy davlat qurish orqali boramiz.
E. Yusupov, Istiqlol yo‘lida
Trestdagi ilg‘or binokorlar qatori Yodgorni ham tantanali kechaga taklif qilishdi. U.
Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. ko‘chma hma Taraqqiyot, rivojlanishga, olg‘a siljishga xizmat qiluvchi; yangilikka boshlovchi.
Safoxon to‘ra o‘zining odamparvarligi, ilg‘or fikrlari bilan qolgan mudarrislardan ajralib turar edi.
K. Yashin, Hamza
Ilg‘or ish usullari, yangi texnika va texnologiyani qo‘llash tufayli yaxshi natijalarga erishilayotir.
Gazetadan