1. 1. Taraqqiyot pog‘onasining quyi bosqichida bo‘lgan, taraqqiyot jihatidan orqada qolgan, unchalik taraqqiy qilmagan.
Qoloq mamlakat.
2. 2. Dunyoqarashi, ong-tushunchasi past bo‘lgan; yetuk emas.
Uzlarini din va shariat muxlisi deb atab, ayrim qoloq kishilarni aldab, shilib yurgan betavfiqlardan nima kutish mumkin?!
Mushtum
Afg‘onistonning qoloq odamlarini o‘ta sodda, ko‘chmanchilarni esa yarim badaviy deydiganlar xato qiladi.
Mirmuhsin, Chodrali ayol
3. 3. Hozirgi zamon talabiga javob berolmaydigan, iste’moldan chiqqan; eski.
Qoloq usul. Qoloq texnologiya.
4. 4. Ishda, ishlab chiqarish rejalarini bajarishda, moddiy-texnika bazasining rivojlanishi va shu kabilarda boshqalardan orqada bo‘lgan.
Qoloq xo‘jalik. Qoloqdan cho‘loq yaxshi.
Maqol
Bizda musobaqa qoloqlarga ko‘maklashish yo‘li bilan umumiy yuksalishga erishishga asoslangandir.
Gazetadan
5. 5. Darslarni o‘zlashtira olmay, boshqalardan orqada qolgan, yomon o‘qiydigan, ulgurmovchi.
Qoloq o‘quvchi.