Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {peshqadam}
So‘z bo‘g‘inlari: pesh-qa-dam
Izoh(lar)i:
peshqadam ot

1. sft. ft. Ish, o‘qish, sport kabilarda boshqalardan oldinda boruvchi, o‘rnak ko‘rsatuvchi; ilg‘or. Peshqadam terimchi. Peshqadam ishchi kuniga rejadagi 480 ta o‘rniga 650 tacha ro‘molning chetini tikadi. Gazetadan

2. ot ot Shunday xususiyatga ega bo‘lgan kishi, o‘quvchi yoki sportchi. Tirishib mashq qilishim orqasida, hamtavoq o‘rtoqlarim orasida insho yozishda peshqadam bo‘lib oldim. N. Safarov, Olovli izlar
Guruh peshqadami — Braziliya terma komandasining kutilmagan mag‘lubiyati vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Gazetadan
Kimdir eski usullar bilan ishlaydi, kimdir kompyuter texnikasi afzalligiga ishonadi, kimdir esa o‘z sohasining peshqadami bo‘ladi. Gazetadan

Antonim(lar)i: qoloq , zarbdor [a+f-t]
Sinonim(lar)i: ilg‘or
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.