1. 1. Savdo karvoni boshlig‘i, karvonga boshchilik qiluvchi.
Savdogarlar tuyalarini yig‘ib, yuklarini ortib, karvonboshiga tayyor bo‘ldik, deyishibdi.
Ertaklar
Karvonboshi — chaqmoq sallali, nazari sovuq odam — juda shoshardi, meshlarga suv to‘latayotgan tuyakashlarni qamchilardi.
Yodgor
2. tar. ar. Amirga qarashli tuya, ot, arava va shu kabilar turadigan saroyning boshlig‘i.
3. tar. ar. Yuk hayvonlari va aravalarni kira qilish ishlarida vositachilik qiluvchi dallol.
4. ko‘chma. ma. Birinchi o‘rinda boruvchi, boshida boruvchi; yetakchi, yo‘lboshchi; rahbar.
Hosildorlikni oshirish uchun bitmas-tuganmas imkoniyatlar borligini amalda isbot etgan karvonboshilardan biri ham shu yigit bo‘ldi.
Gazetadan