1. 1. Yo‘l yurish, yo‘nalishda boshqarib, etaklab boruvchi, boshqaruvchi.
Har bir poda va galaning yetakchi boshlig‘i — serkasi bo‘ladi.
Fan va turmush
Gala boshidagi yetakchi o‘rdak allaqanday ovoz bilan churullab, o‘z yetagidagilarni ogohlantirib boradi.
R. Bekniyoz, Havo yo‘li
Uzoqlarda turnalarning qurqurashi eshitilardi, turnalar boshida yetakchisi uchib borardi.
T. Obidov, Yusufjon qiziq
2. ko‘chma hma Yo‘lboshchi, rahbar.
[G‘afur aka:] Ko‘pchilikka yetakchi, katta-kichikka baravar, qandini yesin!
N. Maqsudiy, Umidli bola
Nazira Yo‘ldosheva yirik xo‘jalikning jonkuyar yetakchisi.
O‘zbekiston qo‘riqlari
3. ko‘chma hma Asosiy, bosh.
Sanoatning yetakchi tarmoqlari. Teatrning yetakchi artisti.
▬
Bularni yozib olish, qiyosiy o‘rganish folklorshunoslikning yetakchi vazifalaridan hisoblanadi.
Gazetadan