Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hisob} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: hi-sob-la-moq
Izoh(lar)i:
hisob ot

1. 1. Son, miqdorni belgilash uchun raqamlab atash; sanoq, sanash. Og‘zaki hisob. Hisobda yanglishmoq. Yasovulboshi hisobidan yanglishmay, o‘lim kaltagini sanaydi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Qirmoqdaman fashist o‘g‘rini, Hisobimda hozir yuz o‘ttiz. R. Bobojon.
Sening hisobingga to‘g‘ri keladimi? Agar olgan hisobimiz to‘g‘ri chiqsa, bu gal uning [Otabekning] Marg‘ilonga quruq qatnab yurishining yettinchi qaytasi edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Hisobda bo‘lgani; miqdor, sanoq. Hasharda qatnashayotganlarning hisobi. Fermadagi qo‘ylarning hisobi. Olarda hisobi — to‘qqiz, Berarda sanog‘i — o‘ttiz. Maqol
Rus shaharlariga borib savdo qiluvchilar Turkistonda juda oz hisobda bo‘lib A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. 3. Kimsa yoki narsalarning mavjudligini, miqdorini belgilash ro‘yxatidagi, unda qayd etiluvchi majmui; qayd etiluvchilar (etilganlar), borlar guruhi, qatori. Inventar hisobi. Hisobga kiritmoq. Hisobdan chiqarilmoq. Hali bu hisobga fuqarodan o‘ldirilgan bechoralar kirmaydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Boyagisi o‘n bittamidi? Mana shu so‘nggisini hisobga yozing Shuhrat, Shinelli yillar

4. ayn. yn. Hisob-kitob 5. U [Otabek] o‘zining dushmanlarini o‘ldirish uchungina Marg‘ilonga qatnab yurgan ekan, hisobini tugatdi-da, bedarak ketdi-qoldi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. 5. O‘zaro kelishuv, bitimga ko‘ra olinadigan ulush, haq. Marg‘ilondan arava minib keluvchi yollangan kishi bo‘lib, Toshkentga kelishining ertasi kuni hisobini olgan edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

6. 6. (asosan egalik, jo‘nalish kelishigi va chiqish kelishigi qo‘shimchalari bilan) Kimsa, jamoa va boshqalar tasarrufida, uning ixtiyorida bo‘lgan narsa, moddiy boylik, oziq-ovqat, pul va shu kabilar Gapning qisqasi, o‘zga xalqlar hisobiga yashadi. S. Karomatov, Oltin qum
Endi komandirovkaga ham o‘z hisobingizdan borib kelasizmi? S. Nurov, Narvon

7. 7. Ko‘pchilikka yoki kimsaga qilingan, bo‘lgan ishlar haqida beriladigan ma’lumot. Otni bir oz sovitdim, beda soldim, — Keyin qo‘li bilan peshonasini siqdi-da, hisob berishga boshladi qaltiragan ko‘llari bilan cho‘t qoqdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Qobil, birov undan: Nima qilib yuribsan? deb so‘rayotganday, hisob berdi. H. G‘ulom, Mash’al
Mehmonxonalardan birida Mirzakarimboy o‘z gumashtasidan hisob olar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

8. kam qo‘ll. ayn. yn. Hisobot. Rahbarning yarim yillik hisobi. Mening ikki oyog‘imni bir etikka tiqib, hisobimni qo‘yishlari mumkin. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

9. esk. ayn. yn. Arifmetika. Yangi maktablar ochib, Qur’oni karim va boshqa diniy darslar bilan birga, jug‘rofiya, tarix, hisob kabi ilmlarni ham ta’lim beraylik. Oybek, Tanlangan asarlar
Ikkinchi darsda Zohidov degan yoshgina bir yigit hisobdan dars berdi. P. Tursun, O‘qituvchi

10. maxs. axs. Hisoblash, hisoblab chiqish natijasi. Ba’zan u uzundan-uzoq handasaviy hisoblarni qog‘ozga yozib qolar, yana o‘ychanlik bilan qamish qalam orqasini g‘ajiy boshlardi. Mirmuhsin, Me’mor

11. 11. I Biror narsa uchun to‘lanadigan pul summasi qayd etilgan hujjat. Har bir student-qurilish otryadida iqtisod va hamkorlik shaxsiy hisoblari ochilgan. Gazetadan

12. bux. bux. Biror muassasa, tashkilot va shu kabilarda buxgalteriya ish-muomalasini olib borish (yuritish) uchun xizmat qiluvchi moliyaviy operatsiya, shuningdek, hujjatlar.

13. 13. Sport o‘yinida tomonlar ochkosini belgilovchi raqamlar (raqamlarda ifodalanuvchi sonlar) nisbati. O‘yinda hisob tenglashdi — 2:2. Bu gal 5:2 hisobi bilan mehmonlar g‘alaba qilishdi.

14. 14. Gap oxirida (kesim tarkibida) desa bo‘lgudek, deyarli ma’nosini bildiradi. Gaz quritadigan sakkizta nasosning hammasi montaj qilib bo‘lindi hisob. Gazetadan
Na xotin, na bola-chaqa. Dunyodan toq o‘tdik hisob. Oybek, Tanlangan asarlar
Elchiyev Ro‘ziyev bilan unchalik yaqin emas, osh-qatiq bo‘lgan joyi ham yo‘q hisob. E. A’zam, Javob

15. 15. Biror ish, xatti-harakatning qanoatlanarliligini, o‘rniga o‘tishini bildiradi. Oyog‘ingizga qo‘y so‘ysak arziydi, Yusufjon aka. Bu hisob emas, hovliga boramiz K. Yashin, Hamza

16. s. t. . t. Iloj, chora; imkoniyat. Daryodan o‘tishning hisobi bormi? Qaytay desam — quvadi, o‘tib ketishning sira hisobi yo‘q A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Dardim ichimda. Bir oldingizga borib, yuragimni yozib kelaman deyman, sira hisobini qilolmayman. R. Fayziy, Hazrati inson

17. folk. olk. Nima qilish, ish-faoliyat rejasi, ish olib borish yo‘li. Bu so‘zni qiz eshitib, aqlini yitirib, hisobini yitirib, shoshib qoldi. Murodxon

18. 3-sh. egalik va j.k. shaklida — da — (hisobiga) ko‘m. vzf. Asos, sabab, qarashlilik kabi munosabatlarni ifodalaydi; evaziga, uchun, tufayli. Katta mehnat hisobiga shunday natijalarga erishildi. Bu yil uzumdan birinchi marotaba davlat hisobiga hosil yig‘ib olindi. O‘zbekiston qo‘riqlari
Og‘ir minutlarda biz faqat soldatlarimizning mardligi va qat’iyligi hisobiga dushmanni tutib turardik. N. Safarov, Olovli izlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.