Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ata} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: a-ta-moq
Izoh(lar)i:
ata fl

1. 1. Nom bermoq, ot qo‘ymoq, nomlamoq. Shundan beri odamlar ko‘prikni Xotinko‘prik deb atashadi. T. Ashurov, Oq ot
Yusufbek hoji [Kumushni] farishta deb atamoqqa ham hozir edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Deb tilga olmoq, yuritmoq; aytmoq. Bolalar uni [Tolibjonni] orqavarotdan Otquloq desalar, oldida Ergash tog‘a deb atashardi. S. Ahmad
Axir, nima qilayotganini bilmagan odamlarni kim deb atash kerak bo‘lmasa? M. Mansurov. Yombi

3. 3. Tilga olmoq, aytmoq (kishi ismini). Xayriyatki, ismini atamadi, deb o‘yladi Yaxshiboyev, demak, hali umid borday. M.M. Do‘st, Lolazor

4. 4. Biror kishi, tarixiy voqea va shu kabilar uchun bag‘ishlamoq, shunga mo‘ljallamoq. Ulug‘ bobokalonimiz xotirasiga atab amalga oshirilgan me’moriy ishlar bu bilan tugab qolmaydi, albatta. Gazetadan
O‘zbek oyimning qutidor, Oftob oyim va Oysha kampirga atab tiktirgan sarupolari ham bitdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. din. ayn. yn. Bag‘ishlamoq. Toleim qursin, deb yondim, kuydim. Folbinlarga bordim, aziz avliyolarga nazr atadim. Oybek, Tanlangan asarlar
Xudoyi ataganimizga bir yildan oshib qoldi. N. Aminov, Qahqaha

6. yord. fl. vzf. zf.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.