Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {son}
So‘z bo‘g‘inlari: son
Izoh(lar)i:
son ot

1. mat. at. Narsalarning qanchaligini, sanog‘ini, adadini hisoblash uchun xizmat qiladigan vosita; matematik tushuncha. Butun sonlar. Kasr sonlar. Sonlar nisbati. Sonlar nazariyasi. Son tushunchasining rivojlanishiga o‘rta asr matematiklari ham katta hissa qo‘shdilar. O‘zME

2. s. t. t. Raqam. Bir soni. Yigirma besh soni.

3. 3. Miqdor, sanoq; adad. Kelayotgan ayollarning soni yo‘q. Oybek, Tanlangan asarlar
So‘nggi sirk, yil mobaynida respublikamizda ilmiy xodimlarning umumiy soni 103 marta., ko‘paydi. Fan va turmush

4. 4. Nomer; tartib nomeri. Ikkinchi son o‘rta maktab. Mulla Nasriddinning u sonini ochiq eslay olmasam ham, ko‘rganligim xotiramda ravshan bor. A. Qodiriy, Kichik asarlar

5. tlsh. sh. Predmetlarning miqdorini, son-sanog‘ini va sanoq jihatidan tartibini bildiruvchi so‘z turkumi. Sanoq sonlar. Tartib sonlar. Chama sonlar.

6. 1. Odam va hayvon oyog‘ining tizza bilan tos o‘rtasidagi qismi. Soni yo‘g‘on odam. Son suyagi. Suv uning sonigacha chiqdi. Said suv to‘la cho‘michni uzatayotganda, bir qultum suv otasining soniga to‘kilib ketdi. Yoshlik
Xumor kelin Bo‘rijonning so‘lidan gavron tayoqni olib, ho‘kizlarning sag‘risiga, soniga zarb bilan urdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
Kuygan banda urib yig‘lar soniga, Shahid bo‘lgan bo‘yaladi soniga. Erali va Sherali

7. 2. Hayvonlar oyog‘ining shu qismidagi go‘shti. Sultonov kiyikning sonini songa, to‘shini to‘shga ajratib saranjomlarkan o‘ziga yarashib turgan Ortiqqa ko‘zi tushgan sari, ko‘ngil g‘ashligi ortib borardi. M. Mansurov, Yombi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: adad [a], hisob [a], miqdor [a], sanoq

1. son I Ot
oyoqning tizzadan yuqori etli, yo‘g‘onlashgan qismi

2. son II Ot
sanoq, hisob, raqam

Paronimi: mavjud emas.

«Kitob al-idrok li lisonal-atrok»Abu Hayyon al-Andalusiy (1256–1345) ning asari. Bu nodir asar 1312- yilda Qohirada bitilgan, lug‘at va grammatikadan iborat. Asarning 2 qo‘lyozmasi bor. Ular Istanbulda saqlanmoqda. Mazkur qo‘lyozmalar asosida 1891- yilda Mustafo Bey va 1931- yilda Ahmad Ja’far o‘g‘li asarni chop qildi. So‘nggi davrlarda esa A.Zayonchkovskiy, K.Brokkelmann, F.Vushtenfeld, L.Bouvat, E.Fozilov, A.Kurishjonov, N.Rasulova singarilar bu asar yuzasidan maxsus tadqiqot olib bordilar.

“Kitob al-idrok li lisonal-atrok” tilida qipchoq elementlari kuchliroq. Mas., r, g tovushining y tovushiga o‘tishi holati: agin – ayin, dagma – tayma, bak – bay, agarlab – ayarlab. G tovushining y, v tovushlariga o‘tishi: bug‘doy – buvday, og‘ul – ovul. G tovushining undoshlar oldidan tushishi: igna – ina; x tovushining k ga o‘tishi: xoja – koja. So‘z boshida y tovushining orttirilishi: ilon – yilon, ip – yip. So‘z o‘rtasida t undoshidan oldin l undoshining orttirilishi: katur – kaltur kabi.

“Kitob al-idrok li lisonal-atrok” tilida o‘g‘uz elementlari ham uchrab turadi. Mas., m tovushining btovushiga o‘tishi: men – ben. T tovushining d tovushiga o‘tishi: tamir – damir, tilku – dilku.

Lug‘atda 5 ta arabcha va 13 ta forscha so‘z qayd etilgan. -niki qo‘shimchasi o‘rnida qaratqich kelishigi shakli qo‘llangan: yir sanindir (yer senikidir). Sifatlarning orttirma darajasi yavlak so‘zi orqali hosil qilingan: yavlak ko‘rkludur. Yarim ma’nosini bildiruvchison manbada bichuk, yaru so‘zlari orqali berilgan.

Asar turkiy tillar tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.

Shaxs-son shakliharakat bajaruvchisini bildirib, mustaqil so‘zlarni kesim vazifasiga xoslovchi, kesimni ega bilan bog‘lovchi shakl. So‘zlarning shaxs va sonda o‘zgarishi tuslanish, shaxs-son shakli esa zamon, mayl shakllari bilan birga tuslovchi shakllar deyiladi. Shaxs-son shakli asosga zamon shaklidan so‘ng qo‘shiladi.

Hozirgi o‘zbek tilida shaxs-son ko‘rsatkichining 4 ta guruhi mavjud:

1) birinchi (-man, -san, nol shakl yoki -di/ti, -miz, -siz(lar) guruh -(lar) -yap, -yotir, -moqda, -gan/kan/qan, -i)b, -a/y, -moqchiko‘rsatkichidan keyin qo‘shiladi:

Men

 

 

bor gan

man

boryap

man

bora

man

Sen

san

san

san

U

ti

di

Biz

miz

miz

miz

Siz

siz

siz

siz

Ular

di

ti

di

 

2) ikkinchi (-m, -ng, -k, -ngiz, -(lar)) guruh-di, edi, -sa ko‘rsatkichidan keyin qo‘shiladi:

 

Men

 

 

bordi

 

m

bor gan edi

m

bor sa

m

Sen

ng

ng

ng

U

Biz

k

k

k

Siz

ngiz

ngiz

ngiz

Ular

(lar)

(lar)

(lar)

 

3) uchinchi (-im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, (-lar)i)guruh o‘tgan va hozirgi zamon ko‘rsatkichi bilan yo‘q so‘zi orasida bo‘ladi:

 

Men

borgan

im

bor ayotgan

im

yo‘q

Sen

ing

ing

U

i

i

Biz

imiz

imiz

Siz

ingiz

ingiz

Ular

(lar)i

(lar)i

 

Shaxs-son qo‘shimchasining uchinchi guruhi kelasi zamonning she’riy uslubga xos -gu/ku/qu va fe’l modal shaklidan biri bo‘lgan -gi/ki/qi (kel) ko‘rsatkichidan keyin ham qo‘shiladi: men borgum, borgim keldi, sen borgung, borging keldi va hokazo.

4)to‘rtinchi guruh buyruq-istak mayli bilan birga voqelanadi: bor, boring, borsin, boray, boraylik kabi.

Shaxs-son shaklikesim vazifasida kelgan fe’ldan boshqa mustaqil so‘zga ham qo‘shiladi: ishchiman, a’lochisiz, birinchiman, menman, sensankabi.

Uslubiy belgilari.Shaxs-son shakllari nutqiy qurshov ta’sirida turli ko‘chma ma’noda ham qo‘llanadi.

Son ko‘chishi:

1)  birlik o‘rnida ko‘plik: Biz ko‘rganmiz (Men ko‘rganman), Ayam keldilar (U keldi). Dada, boring (bor);

2)  ko‘plik o‘rnida birlik:  Senlar bilmaysan (Siz bilmaysizlar). Ular keldi (Ular keldilar).

Shaxs ko‘chishi:

3)  II shaxs o‘rnida I shaxs: Qani, bolalar, yozamiz.

4)  II shaxs o‘rnida III shaxs: Anvar yugurib borib Ahmadjonning yoqasidan oldi: – Shunaqa narsa bilan hazil qiladimi, odam.

5)  I shaxs o‘rnida III shaxs: Bu borada kamina uzr so‘raydi. Nasriddin afandi asli G‘irvondan chiqmaganmikan, deb o‘ylanib qoladi kishi.

Son mustaqil so‘z turkumlari sirasida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.

Ma’noviy xususiyati. Asosan, predmethodisa, qisman harakat-holatning ko‘pincha aniq miqdori, sanog‘i va tartibini, shuningdek, mavhum sanoqni bildiradi. Ancha, talay, biroz, savatsavat, quchoqquchoq, qopqop kabi ravishlar, uncha, buncha, shuncha, qancha, bir qanchakabi olmoshlar ham miqdor ma’nosini bildirishi yoki unga ishora qilishi mumkin. Bu – noaniq ko‘plik.

Sonnecha, nechta, nechanchi, qancha, qanchadan, qanchalabkabi so‘roqqa javob bo‘ladi. Qancha so‘roq olmoshi bir vaqtning o‘zida ravishga ham xizmat qiladi: qancha – ko‘p. Ba’zan otning so‘rog‘ini oladi: Ikki odamning biri(kim?) hali ham kutib turibdi. Necha so‘rog‘i esa faqat songa tegishli.

Morfologik belgisi. Son turkumining ma’no turini hosil qiluvchi barcha qo‘shimcha – lug‘aviy shakl yasovchi: (i)nchi, ta, tacha, lab, tadan, larcha, ov/ovlon, ala kabi.

Sonhisob (kilo, metr, dona, hovuchkabi)so‘zi bilan ishlatiladi.

Otlashish (Birinchi kishini chaqir – birinchisini chaqir) va otga ko‘chish (yetti, qirq, yigirma, to‘qqizto‘qqiz kabi marosim oti) xususiyatiga ega. Bunda otga xos lug‘aviy va sintaktik shaklni hamda uning sintaktik vazifasini qabul qiladi: o‘ninchisini, o‘ninchigacha. Otga xos shakl yasovchi qo‘shimcha sonning hamma turiga ham birday qo‘shila olmaydi: o‘nlarcha(ni), uchala(ga) kabi.

Sintaktik belgisi.Son otlashmagan va otlashgan holda turli gap bo‘lagi bo‘lib keladi.

Otlashmaganda:1) sifatlovchianiqlovchi: Bir chetda gulzor oralab ikkita chiroyli qiz gul terib yuribdi; 2) darajamiqdor holi: Samarqandni to‘rt besh marta ko‘rganman. U marraga birinchi yetib keldi;3) otkesim: Bu xotinning joni bitta emas, ming bitta.

Otlashganda: 1) ega: Dutorim tori ikkidir, biri dilkash, biri dilxun; 2) qaratuvchi aniqlovchi: Ikkalamizning gapimiz bir joydan chiqsin. Ikki uchga qoldiqsiz bo‘linmaydi.

  1. Son, odatda raqam va so‘z bilan yoziladi:

1)    arab raqami bilan: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9;

2)    rim raqami bilan: birlik: a) I, II, III, IV, V, VI, VII, VIII, IX; b)o‘nlik: X, XX, XXX, XL, L, LX, LXX, LXXX, XC; d)          yuzlik: C, CC, CCC, CD, D, DC, DCC, DCCC, CM; e)          minglik: M, MM, MMM…     

Tartib sonlar rim raqami bilan yozilganda chiziqchasiz, arab raqami bilan yozilganda chiziqcha bilan yoziladi: XX asr, 2008- yil, 103- guruh kabi.

Badiiy asarda sonlar ko‘pincha so‘z bilan yoziladi: Ikki minginchi yilning bahorida uchinchi kursda ekanimda kabi.

Sonda shakl va ma’no munosabati. Sonda shakldoshlik, ma’nodoshlik, ko‘pma’nolilik hodisasi mavjud.

  1. Ba’zi son boshqa turkum so‘zi bilan omonim bo‘ladi: uch (son) –uch(fe’l), qirq (son) –qirq(fe’l), yuz (son) –yuz(ot), yigirma (son) – yigirma (fe’l).

Urug‘ nomini bildiruvchi qirq, yuz, mingkabiotga ko‘chgan so‘z shu shakldagi songa omonim bo‘ladi.

Ma’nodoshlik. Bu hodisa kam uchraydi: o‘n ming tuman, yuz ming lak. Tuman, lak – eskirgan so‘z.

Ba’zan bir soni o‘rnida yakka, yolg‘izso‘zi, birinchi so‘zi o‘rnida ilk, dastlabgi, avvalgi, to‘ng‘ich, bosh, asosiy, katta kabiso‘z, ikkisoni o‘rnida qo‘sh, juftso‘zi, yarim o‘rnida nol butun o‘ndan besh, chorak o‘rnida nol butun yuzdan yigirma besh ishlatilishi mumkin.

Zid ma’nolilik. Sonda bu hodisa yo‘q. Ikki va besh soni bahoni bildirganda, nutqiy zid ma’nolilik kasb etadi, xolos.

Ko‘p ma’nolilik. Sonda ko‘p ma’nolilik hodisasi mavjud. Bu bir sonida yaqqol ko‘zga tashlanadi: 1)      noaniqlik: Sizni ko‘chada bir kishi chaqiryapti; 2) yolg‘izlik: Darsga bir Karim kelmadi; 3) ayiruv: Bir qor yog‘adi, bir yomg‘ir; 4) kuchaytirish: Ertaga bir dam olsam; Bugun bir charchadim. 5)bir xillik: Tiling bilan dilingni bir tut.

Sondan boshqa turkum so‘zining yasalishi. Sondan ot, sifat, fe’l, ravish, olmosh yasalishi mumkin: 1) ot: birlik, to‘rtlik; uchburchak, to‘rtburchak, yettisuv, Oltiariq. 2) sifat: ikkichi, beshchi, uchli, to‘rtsiz; ikkiyuzlamachi, qirqyamoq, beshotar. 3) fe’l: birik, birlash, ikkilan; 4) ravish: bittalab; ikkiyoqlama, bir kuni, birpas, bir zumda. 5) olmosh: bir kishi, bir nima, bir narsa.

          Sonning ma’no turi.Sonning ma’no turi asosan shakl yasovchi qo‘shimcha vochitasida hosil qilinadi. Barcha qo‘shimchasi lug‘aviy shakl hosil qiluvchi bo‘lganidan sonning ma’noviy guruhlari ham grammatik asosda farqlanadi. Grammatik xususiyatiga ko‘ra son, dastlab, ikkiga bo‘linadi:1)miqdor son;2)tartib son.

Miqdor son predmethodisa hamda harakat/holatning miqdori va sanog‘ini, tartib son esa tartibini bildiradi.

Tartib son (i)nchi va lamchi(kam qo‘llanadi) qo‘shimchasi yordamida sanoq sondan hosil bo‘ladi: birinchi, o‘ninchi, yigirmanchi, birlamchi, ikkilamchi.

Miqdor son quyidagi turga bo‘linadi:1) sanoq son; 2) dona son; 3) chama son; 4) jamlovchi son; 5) taqsim son.

Sanoq sonning ko‘rsatkichi yo‘q: bir, ikki, o‘n, qirq besh.

Dona sonnarsaning miqdorini donalab ifodalaydi,sanoq songa ta qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi. Ba’zan -ta shakli o‘rniga dona, nafar, boshhisob so‘zi qo‘llanishi ham mumkin: beshta kitob, ikkita daftar, uch dona qalam, o‘n besh nafar o‘quvchi, yigirma bosh sovliq. Qo‘shimcha bir so‘ziga qo‘shilganda, r tovushi t bilan almashadi: bir –bitta, o‘n bir –o‘n bitta.

Chama son.Bu son tacha, lab, larcha qo‘shimchasi, sonni juftlash, taxminan, qariyb, taqribanravishi vositasida hosil qilinadi: o‘ntacha ishchi, minglab vatandoshlarimiz, yuzlarcha bola, soat o‘n birlar edi, taxminan o‘nta. cha qo‘shimchasini olgan sonhisob so‘zi olsa ham, chama ma’nosi voqelanaveradi: ming yilcha burun, besh milcha narida.

Jamlovchi sonquyidagi yo‘l bilan hosil qilinadi: 1) sanoq son+ov/ovlon: uchov, to‘rtov, beshovlon; birov so‘zi bundan mustasno; 2) sanoq son+ ala: ikkala (i tushgan), uchala, to‘rtala.

Jamlovchi son birdan yettigacha bo‘lgan sondan hosil qilinadi. Bunda besh sonidan boshqasida tovush o‘zgarishi yuz beradi.

Taqsim sonikki usulda hosil qilinadi: 1) dona songa -dan shaklini qo‘shish bilan: bittadan qalam, o‘ntadan ruchka; 2)dona sonni takrorlash bilan: bitta-bitta, o‘nta-o‘nta.

Son butun va qismni ifodalashiga ko‘ra uch guruhni tashkil etadi:1)butun son;2)kasr son;3)aralash son.

Butun son narsabuyumning bo‘linmagan holdagi sanog‘i va miqdorini ifodalaydi: bir, o‘n, ikki yuzkabi.

Kasr sonbutunning bo‘lagini, ulushini ifodalaydi: yarim, chorak, nimchorak kabi.

Kasr son ikki ko‘rinishda bo‘ladi:a)qo‘shma so‘z ko‘rinishidagi matematik kasr ifodasi: ikkidan bir, o‘ndan ikki, to‘qqizdan beshkabi;b)sodda so‘z ko‘rinishidagi oddiy kasr ifodasi: yarim, chorak, nimchorak;v)butun va kasr son birgalikda aralash sonni tashkil qiladi: bir yarim, ikki butun o‘ndan besh, bir butun to‘rtdan uch.

          Sonning tuzilishiga ko‘ra turlari. Son ham tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft va takroriy bo‘ladi:

Sodda son. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘p ishlatiladigan 23 ta sodda son mavjud: nol, bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz, o‘n, yigirma, o‘ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to‘qson, yuz, ming, million, milliard. Yarim, chorak so‘zi ham sodda songa misol.

Qo‘shma sonbirdan ortiq o‘zakning birikuvidan hosil bo‘ladi: o‘n besh, uch yuz besh, to‘rtdan uch, o‘n olti yarim. Tarixan ayrim qo‘shma son soddalashib borgan: sakkiz o‘n sakson, to‘qqiz o‘n to‘qson.

Juft son. Bu sonchama, taxmin ma’nosini bildiradi. Sanoq, dona va taqsim son juft qo‘llanadi: birikki joy, o‘no‘n beshta savol, uchto‘rttadan yostiq.

Takroriy son takroriy sonjamlash, taqsimlash kabi ma’noni ifodalaydi. Sanoq, dona va taqsim son takroriy holda ham qo‘llanadi: beshtabeshta, yuztayuzta, birbir (gapirib chiqdi), to‘rttato‘rttadan.

            Son turkumi tahlili.Son turkumi tahlili– sonlarning turi, shakllari va xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan morfologik tahlil. Unda quyidagilar aniqlanadi: 1) qaysi lug‘aviy mazmuniy guruhga mansubligi; 2) morfologik tarkibi; 3) lug‘aviy shakli; 4) hisob so‘zga munosabati; 5) sintaktik shaklga munosabati; 6) tuzilishiga ko‘ra turi; 7) gapdagi vazifasi.

Namuna: Talabalarga beshtadan toza varaq tarqatildi: 1)taqsim son; 2) besh-tadan; 3) -tadan taqsim son hosil qiluvchi lug‘aviy shakl; 4) hisob so‘z bilan qo‘llanadi; besh donadan; 5) sintaktik shakl olmagan; 6) sodda; 7) aniqlovchi.

1. afsona bo‘lmoq: el-xalqqa gap-so‘z bo‘lmoq, elga doston bo‘lmoq

2. sakkiz yoshdan sakson yoshgacha: katta-kichik, hamma

3. yakson qilmoq: butunlay yemirildi, yo‘q bo‘ldi

4. yer bilan yakson bo‘ldi: butunlay yemirildi, yo‘q bo‘ldi

1. Adadsiz – son-sanoqsiz – hisobsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

2. Ehson – tortiq – sovg‘a – mukofot
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

3. Lahza – on – soniya – daqiqa – soat – kun – sutka – hafta – oy – yil -asr – era.
Ma’nosiga ko‘ra
(vaqt miqdorining ortib borishiga ko‘ra)

4. Nazr – ehson – qurbonlik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

5. Olifta – fason – bashang – satang
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining ortib borishiga ko‘ra)

6. Ovora – sarson – sargardon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

7. Sonor – jarangli – jarangsiz
Ma’nosiga ko‘ra
(ovoz ishtirokining kam-ko‘pligiga ko‘ra)

8. Tovon – to‘piq – boldir – tizza – son
Ma’nosiga ko‘ra
(oyoq qismlarining quyi-yuqoriligiga ko‘ra)

9. Unli – sonor – undosh
Ma’nosiga ko‘ra
(ovoz miqdorining ko‘p yoki kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.