1. 1. Biror gap, ish-harakat, imo-ishora va shu kabilarning ma’no, mazmunini anglamoq.
Hamma gaplaringizga tushundim, juda to‘g‘ri.
Mirmuhsin, Me’mor
Sherali uzoqdan bir yerga to‘plab qo‘yilgan ketmonlarni ko‘rgach, gap nimadaligini tushundi.
S. Karomatov, Oltin qum
— Bu holni qandoq tushunmoq kerak, — Me’mor shogirdining ko‘zlariga qaradi.
Mirmuhsin, Me’mor
2. 2. Haqiqiy holni anglamoq, bilmoq, unga baho bermoq.
O‘z mavqeyini yaxshi tushunmoq. Vaziyatni tushunib ish ko‘rmoq.
▬
Endi, kelin, o‘zing tushunasan, yurtda ocharchilik, oshi halolga boqadi-da o‘g‘ling.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
— Men sizning ahvolingizni tushunaman, — deb gap boshlagan edi, ayol shartta kesdi
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. 3. Narsalarning sifat darajasi yoki belgisini yaxshi farqlay olmoq, ajrata bilmoq, farqiga bormoq; tilini bilmoq.
Darhaqiqat, paxtani tushuna oladigan, yerni biladigan tajribali raissan.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Ertasiga ot og‘rib qolsa bo‘ladimi! Kapalagim uchib ketdi. Yaxshiki, mendan bo‘lak hech kim payqamadi. Xo‘jayinim otni tariqcha tushunmaydi.
Oybek, Tanlangan asarlar