1. 1. Biror narsa, hodisa yoki fikrning mohiyatiga yetmoq, biror sohada ma’lumotga ega bo‘lmoq.
U biladigan odam. Siz matematikani bilasizmi?
▬
Koshki til bilsa-yu, u bilan suhbatlasha qolsa!
Oybek, Tanlangan asarlar
Tirik bo‘lganda, o‘nta o‘g‘ilning o‘rnini bosadigan qizi borligini bilardi.
S. Ahmad, Ufq
Siz yaramasning qilib yurgan ishlaringizni bilaman.
S. Ahmad, Ufq
2. 2. Biror soha yoki ishda ma’lum o‘quv yoki malakaga ega bo‘lmoq.
Shaxmat o‘ynashni bilasizmi? U do‘ppi tikishni yaxshi biladi.
▬
Yangi ot, yangi faytun. Ha, qo‘shishni, haydashni bilasizmi?
Oybek, Tanlangan asarlar
3. 3. Turmush tajribasi tufayli xabardor, oshno, tanish bo‘lmoq.
Ko‘p yashagan bilmas, ko‘pni ko‘rgan bilar.
Maqol
Qari bilganni pari bilmas.
Maqol
Aql yoshda emas, boshda degan odam, bilib aytgan.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
4. 4. Xabardor, voqif bo‘lmoq.
Siz uyda ekansiz, bilsam, daftarimni olib kelar ekanman esizgina.
A. Qahhor, Adabiyot muallimi
Ko‘p gaplarni bilib qaytdi.
S. Ahmad, Ufq
5. 5. His etmoq, sezmoq; idrok etmoq, anglamoq, fahmlamoq, tushunib yetmoq, uqmoq, payqamoq.
Har kim o‘z aybini bilmas. Maqol.
▬
Ahmoq horiganin bilmas.
Maqol
Sen bilgan bo‘lsam, vaqt qanday o‘tganini bilmayman.
Oybek, Nur qidirib
Gapni aylantirib o‘tirishdan foyda yo‘qligini bilib, ko‘nglidagi bor gapni aytdi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Biz endi o‘z haq-huquqimizni bilamiz.
A. Qodiriy, G‘irvonlik Mallavoy
Men senga munosib emasligimni bugun bildim.
S. Ahmad, Ufq
6. 6. Tan olmoq, qadriga yetmoq, taqdirlamoq.
Er yigitning qadrini og‘asi emas, el bilur.
Maqol
Shoshmay tur, hali u izzatini bilmagan itvachchani tutib, adabini berdirmasam, Madumar otimni boshqa qo‘yib yuboraman.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
7. 7. Tanimoq, tanish bo‘lmoq.
Bu yerda meni hech kim bilmaydi.
▬
Normatovni sizlar qancha bilsalaring, men ham shuncha bilaman-da.
A. Qahhor, Munofiq
Men siz bilgan Shokirbek emas, toshkentlik Yusufbek hojining o‘g‘li va marg‘ilonlik Mirzakarim akaning kuyovi — Otabek.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
8. 8. Deb hisoblamoq, deb sanamoq, deb bilmoq.
O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil.
Maqol
Haligi gapimni sir deb bil.
Oybek, Tanlangan asarlar
Bola o‘z qayg‘usini butun bir dunyoning qayg‘usidek bilar edi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Chunki u oddiy haqiqat bir ming bo‘yoqdan soz, deb biladi.
S. Zunnunova, Olov
9. 9. Uddasidan chiqmoq, eplay olmoq.
Hali siz yolg‘on gapirishni ham bilasizmi?
A. Qahhor, Ayb kimda?
Siz ikki kelin ushlashni bilmabsiz, Zaynabga jabr qilgan ko‘rinasiz.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
10. 10. Ixtiyori, izmida bo‘lmoq.
Siz tushunmayapsiz, oyi hali tag‘in dadasi biladilar.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar