Filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Qodirov 1941- yilning 22- oktabrida Farg‘ona vilovatining Buvayda tumanida tavallud topgan. Olimning ilmiy faoliyatida o‘zbek adabiy tili tarixini, xususan, Alisher Navoiy asarlarining til xususiyatlarini o‘rganish asosiy o‘rinda turadi.
M.Qodirov oliy o‘quv yurtlari va umumta’lim maktablarida o‘qitilayotgan “Ona tili” fani ta’lim mazmuni va usulini yangilash ishida faol ishtirok etmoqda. Jumladan, olim 5-9 sinflar “Ona tili” fanining mustaqillik ruhiga mos, yangilangan o‘quv dasturini yaratishda (1999, 2004, 2009) qatnashdi. Professorlar H.Ne’matov, A.G‘ulomov, R.Sayfullayevalar bilan hamkorlikda 5-, 6-, 7- sinflar uchun (2000-2004), 8- sinf uchun (2006) yaratgan darsliklari yosh avlodga til haqida bilimva nutqiy ko‘nikmalar berishga xizmat qilib kelmoqda. Shuningdek, u oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Ozbek tilini o‘qitish metodikasi” (200), “Ona tili o‘qitish metodikasi” (hamkor, 2001), “Til ta’limida milliy istiqlol g‘oyasi” (2003) qo‘llanmalarini tuzgan.
M.Qodirovning o‘zbek adabiy tili me’’yorlari va nutq madaniyati, yozma savodxonlik, mumtoz adabiyot vakillarining o‘zbek adabiy tiliga qo‘shgan muhim hissasi va boshqa masalalar bo‘yicha yozgan maqolalari respublikamizning madaniy va ma’naviy taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelmoqda.