1. Oxir, poyon, nihoya.
Ish tamomiga yetdi. Hikoyani tamomiga yetkazmoq.
Gazetadan
2. Tamomila, butunlay, batamom.
Elmurod ma’yus bir necha qadam bosdi. Yo‘q, — dedi ichida, — bu men bilgan, men sinagan Fotima emas. Endi o‘zgarib, tamom boshqa bo‘lib qolgan.
P. Tursun, O‘qituvchi
3. Butun, barcha, tamomi.
Yusufbek hojining Normuhammad qushbegiga yuborgan chopari Qirovchi yaqinida unga yetgan va qushbegini tamom sipohlari bilan Toshkentga qaytargan edi.
A. Qodiriy, O‘tgan
4. Yakuniga yetganlik, bitganlikni bildiradi.
Tamom, xo‘jayin, ana, shay qilib qo‘ydim.
K. Yashin, Hamza
5. Ta’kid, kuchaytiruvni bildiradi.
Dadam ichib keldimi, tamom, darrov qildan qiyiq chiqarib, oyijonimni do‘pposlashga tushardi.
E. Raimov, Ajab qishloq