Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hech}
So‘z bo‘g‘inlari: hech
Izoh(lar)i:
hech ys

1. 1. So‘roq olmoshlari, shuningdek, narsa, vaqt va boshqalar ba’zi so‘zlarga qo‘shilib, bo‘lishsizlik olmoshlari hosil qiladi. Masalan, hech kim, hech narsa, hech qanday, hech nima, hech qachon, hech qaysi va boshqalar

2. yukl. kl. Inkor bildiradi; yo‘q, aslo. Men ortlaridan yugurardim. Hech yetolmasdim. E. Raimov, Ajab qishloq
Kimni olsa, olsin, hech ishim yo‘q. Oybek, Tanlangan asarlar
Hech shubhasiz, bahor yoshlarga olam-olam shodlik keltiradi. Gazetadan
Nima, menga yoqish uchun kestiribdimi? Hech-da! Menga buqog‘ing bilan ham yoqa berar eding. A. Qahhor, Qanotsiz chittak

3. 3. Yo‘q desa bo‘ladigan darajada, sira arzimaydigan darajada, yo‘qdek. Lekin uning bunday harakati, qizning ulug‘ qalbi va sevgisi oldida hech ekanini chuqur sezdi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: hamma [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Doimo – ba’zan – hech qachon
Ma’nosiga ko‘ra
(mavjud va mavjud emasligiga ko‘ra)

2. Hamma – ba’zi – hech kim
Ma’nosiga ko‘ra
(bor-yo‘qligiga ko‘ra)

3. Hech – aslo – asti – sira – mutlaqo – zinhor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

4. Men – kimdir – hech kim
Ma’nosiga ko‘ra
(aniq-noaniqlik darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.