Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {laqma}
So‘z bo‘g‘inlari: laq-ma
Izoh(lar)i:
laqma [laq-ma ]

1. Har narsaga darrov ishonaveradigan, oson aldanadigan. Taniydigan xotinlar bu holni hiyla va shaytonlik ekanini yaxshi anglasalar ham, hovliqma, laqma, yengil Lutfiniso bunga chindan ishonar kim ko‘rinsa, shunga ko‘z yoshi qilar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Kaltafahm, go‘l. Abdimo‘minning issiq-sovug‘ini o‘z gardaniga olgan laqmalar o‘zlari tushib qolgan girdobga boshqalarni tortmaydi deysanmi? Mushtum

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ahmoq [a], anqov , go‘l [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Laqma – go‘l – merov – tentak
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.