Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yuqori}
So‘z bo‘g‘inlari: yu-qo-ri
Izoh(lar)i:
yuqori [yu-qo-ri ]

1. Biror narsaning eng ustki qismida joylashgan; tepadagi, balanddagi, ustki. Zavrak bilan Zulfiqor yuqorida g‘isht terishardi. Mirmuhsin, Me’mor

2. Binoning yoki biror inshootning ustki qavati; boloxona. Qori o‘rnidan turdi, boshqa hech narsa demay, boshini quyi solganicha, bitta-bitta qadam bosib, yuqoriga chiqib ketdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. Biror yerga nisbatan baland o‘rnashgan joylar; baland tomon; balandlik. Katta yer yuqorida, shu yerdan bir soat mo‘lroq yurasiz, u yerda nuqul paxta unadi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. Yer, shaxs yoki narsa ustidagi bo‘shliq; tepa. Olatasir boshlandi, yuqoridan do‘ldek yog‘ila-yotgan o‘qdan dushman o‘ziga keldi. Gazetadan

5. Xonaning eshikka nisbatan qarama-qarshi tomoni; odatda hurmatli kishilar o‘tiradigan tomoni; to‘r. Mehmonni yuqoriga o‘tqazib, darhol o‘g‘liga dasturxon yozishni buyurdi. Mirmuhsin, Me’mor

6. Miqdor, sifat va shu kabilar jihatdan me’yordan, mavjud holatdan ortiq, ortiq darajali. Qish bo‘lishiga qaramay, havoning tafti yuqori, osmon musaffo. Gazetadan

7. Nisbatan ustun. Bizning jamiyatimizda inson nurdek pokiza, nondek aziz, u har qanday boylikdan yuqori turadi. Gazetadan

8. s. t.Vazifa, mavqe va shu kabilar jihatdan yuqori, yetakchi bo‘lgan (tashkilot, organ va boshqalar). Sizga kichik ofitser unvonini berish haqida yuqoriga yozma xabar berganmiz Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi

8. O‘quvchilari o‘qish muddatini bitirishga yaqinlashib qolgan, o‘qish muddatining so‘nggi yillaridagi (sinf, kurs va shu kabilar haqida). Faqat yuqori sinf shogirdlaridan bir nechasi adil, yuksak palma daraxtlari ostida nimalardir to‘g‘risida jimgina, lekin jiddiy suhbatlashmoqda edilar. Oybek, Nur qidirib

10. (o‘rin-payt kelishigi shaklida — yuqorida). Voqealar bayonining old (yuqori) qismida. Yuqorida biz yosh Xushro‘y bilan o‘quvchini bir dara-ja tanishtirgan edik. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: quyi , ostki , past , pastki , poygak
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. qo‘li yuqori bo‘ldi: raqobatda, musobaqada vaziyati ustunlik qildi

2. yuqori keldi: pisand qilmadi

1. Afzal – ortiq – ustun – yuqori – a’lo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

2. Quyi – o‘rta – yuqori
Ma’nosiga ko‘ra
(baland-pastligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.