1. 1. Mavqeyi, martabasi, rahbarlik roli va shu kabilar jihatidan eng yuqori; bosh.
Oliy Majlis. Oliy sud. Oliy bosh qo‘mondon.
▬
30 oktyabr ko‘pi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi o‘z ishini davom ettirdi.
Gazetadan
2. 2. Sifat jihatidan eng yuqori, eng yaxshi.
Oliy nav. Oliy sifat.
▬
Bog‘da hovuz bo‘yiga shinam shiyponlarga yozilgan dastur-xonlar yozilganicha, besh yulduzli oliy nav konyaklar ochilganicha, so‘yilgan bo‘rdoqilar so‘yilganicha qolib ketdi.
O. Yoqubov, Diyonat
3. 3. Eng yuqori darajali, eng yuqori, yuk-sak.
Oliy maqsad.
▬
O‘zbek adabiyoti haqiqatan har jihatdan barkamol, tahsinga loyiq, xalqimizning oliy maqsadi uchun kurashda katta kuch bo‘lib qoldi.
K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas
4. 4. Taraqqiyotning eng yuqori darajasiga erishgan, barkamol.
Tashkilotning oliy formasi.
5. 5. Ta’lim tizimidagi yuqori bosqich.
Oliy o‘quv yurti.
▬
Ba’zan oliy ma’lumotli kishilar o‘z tarjimayi hollarini bir varaqqina yozib berishga og‘rinadilar.
Shukrullo, Saylanma
6. 6. Eng kuchli, eng yuqori.
Sirasini aytganda, mavsum boshidayoq oliy ligaga berila-yotgan qo‘sh yo‘llanmadan birini qo‘lga kiritish oson bo‘lmasligi ko‘zga tashlanmoqda.
Gazetadan
7. 7. Yuqori, murakkab.
Oliy matematika.
8. 8. Yuqori, so‘nggi.
Oliy jazo.