1. ot ot Past tomon; biror narsadan pastda bo‘lgan joy; pastlik.
Nasiba turgan joyida piq-piq yig‘lar boshi quyi solinganicha taqdirini qarg‘ar edi.
S. Ahmad, Ufq
Yigit chirik og‘ochlar tirqishidan pastga qaradi. Quyida suv simobday miltiraydi.
S. Siyoyev, Avaz
2. sft. ft. Past tomonida bo‘lgan, joylashgan; pastki.
Bashirjon quyi labini tish-lagancha, uyning shiftiga qarab qoldi.
N. Aminov, Suvarak
3. 3. Biror sathning yoki sathdagi yo‘nalishning pastida bo‘lgan tomoni; etak.
Sirdaryoning quyi oqimi.
▬
Suvlar oqar quyi tomonga.
M. Shayxzoda
Bu uy — xizmatkorxona, boyning tashqari hovlisining quyi tomonida shuning uchun ko‘zga chalinmas edi.
Oybek, Tanlangan asarlar
4. ot ot Uy, xona va shu kabilarning to‘riga nisbatan past tomoni; to‘rga qarama-qarshi tomon.
Uyning to‘riga chirik qora namat tashlangan, quyi tomoni yalang‘och yer.
Oybek, Tanlangan asarlar
Toshboboning taklifidan so‘ng dasturxonning quyi tomoniga solingan ko‘rpachaga cho‘kkaladi.
S. Karomatov, So‘nggi barxan
Bir ozdan keyin tortinchoqlikni bilmaydigan Husayn kattalardek eshikdan salom berib kelib, quyiroqqa tiz cho‘kdi.
M. Osim, Ibn Sino qissasi
5. kam qo‘ll. ll. Past; zid. baland.
Qabr yoniga tizlagan Otabek va yuqori, quyi do‘mbaygan qabrlar bu tilovatga some’ kabi edilar. A.
Qodiriy, O‘tgan kunlar
6. ko‘chma hma Mavqe, darajasi va shu kabilar jihatdan boshqasiga nisbatan kichik, past bo‘lgan.
Quyi tashkilotlar. Quyi lavozim.
▬
Birinchi darvozaning ikki biqinida turuvchi qorovul yigitlar o‘rdaning ulug‘ darajali beklarini kuzatar, mansabi quyiroq yasovullar bilan mutoyiba qilishib qolar edilar.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon