1. 1. Yonib, qizib turgan narsadan tarqalgan yog‘du, nur.
Sham yorug‘i.
▬
G‘ulomjon o‘choqdagi o‘t yorug‘ida qomati xiragina ko‘rinib turgan do‘stini borib quchoqladi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Elmurod palatkaga kirdi. Palatka sham yorug‘ida ertaklarda uchraydigan go‘zallik va fayz kashf etgan.
Shuhrat, Shinelli yillar
2. 2. Nur tushib turgan; ravshan, charog‘on.
Ko‘chalar yorug‘. Oyning o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘.
Maqol
Uy yorug‘ edi. Sergey stol lampasini o‘chirmay uxlab qolgandi.
P. Qodirov, Uch ildiz
3. ko‘chma hma Baxtli, nurli, yorqin.
Fotima dunyoga kelib, o‘zi bilan shu qadar mehribon, xushmuomala gaplashadigan odamlar borligini, ularning birdan-bir maqsadlari uni ozod qilib, yorug‘ yo‘lga boshlash ekanini angladi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Bu ko‘z yoshlarini g‘am va hasrat emas, aksincha, o‘sha yorug‘ hislar tug‘dirgan edi.
O. Yoqubov, Ota izidan