Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {munavvar}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-nav-var
Izoh(lar)i:
munavvar sf

1. kt. kt. Nur bilan yoritilgan, nurga to‘lgan; ravshan, yorqin. Saxiy yoz quyoshi olamga nur taratadi, qabriston ham ko‘m-ko‘k, munavvar. Gazetadan
Odamzodning quyoshi, Munavvar hayot boshi Boshlanur shu xonadan, Doim uyg‘oq onadan. G. Jo‘rayeva, Iqbol

2. 2. Munavvar (erkaklar va xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: yorug‘
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. olam munavvar: hamma narsa ko‘ngildagidek, hech qanday e’tirozga o‘rin yo‘q

1. Yorug‘ – nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(oydinlik belgisining kuchiga ko‘ra)

2. Yorug‘- nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.