Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {charog‘on}
So‘z bo‘g‘inlari: cha-ro-g‘on
Izoh(lar)i:
charog‘on [cha-ro-g‘on ]

1. Ravshan yoritilgan; yorug‘. Charog‘on ko‘chalar odatda yo‘l va yo‘lkalarni charog‘on etib turadigan ko‘cha chiroqlari nursizdek ko‘rinadi. M. Xayrullayev, Tilla marjon

2. Yashnagan, obod. Rota adir ustiga chiqqanda, uning narigi tomoni-da charog‘on bir vodiy ko‘rindi. A. Qahhor, Oltin yulduz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: yorug‘
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Yorug‘ – nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(oydinlik belgisining kuchiga ko‘ra)

2. Yorug‘- nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.