1. sft. ft. Qorong‘ilik bosgan, qorong‘ilikka cho‘mgan, ziyodan, nurdan mahrum bo‘lgan; zid. yorug‘.
Qorong‘i kecha. Qorong‘i uy.
▬
Uzun, qorong‘i yo‘lakdan chiqqach, Unsin to‘xtadi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Darcha ochilishi bilan qorong‘i hujraga sovuq yopirilib kirdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Uyning ichi qorong‘i. Hamma shirin uyquda.
Yoshlik
2. ot ot Yorug‘lik, ziyo bo‘lmagan payt, holat; qorong‘ilik, zimiston.
Tun qorong‘isi. Tong qorong‘isi. Qorong‘i tushdi.
▬
Oy hali chiqmagan, faqat uning zaif nuri qorong‘idan qo‘rqqandek yilt-yilt etib ketadi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Yormat qorong‘ida yiqilib-surilib, ellikboshining uyiga keldi.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. ko‘chma hma Aniq emas; noaniq, noma’lum.
Suhbat kim haqida va nima haqida borganligi qorong‘i.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Lekin bizga komissiya nimalarga asoslanib shu fikrga kelganligi qorong‘i bo‘lib qoldi.
S. Zunnunova, Olov
4. ko‘chma hma Noaniq va yoqimsiz, bo‘lmag‘ur.
Kechqurun Gulnor o‘z uyiga qaytarkan, yo‘l-yo‘lakay hasratda yonib, qorong‘i xayollarga chulg‘andi
Oybek, Tanlangan asarlar
— Inim, — dedi Abdukarim aka Botiralining qo‘lini qo‘yib yubormasdan, — bo‘lisimizning qorong‘i ishlari ko‘p.
H. G‘ulom, Mash’al
5. ko‘chma hma Ro‘shnolik, yaxshilikdan xoli; zid. yorug‘.
Dunyo shunday yasalgan ekan, bolam. Birovga yorug‘, birovga qorong‘i.
Oybek, Tanlangan asarlar
Qahramonlar bir-biriga yetishishni, qorong‘i yurtimizni ilm chirog‘i bilan yoritish yo‘lida birga ishlashni orzu qiladilar.
Gazetadan