1. Biror ishni bajarishda ko‘maklashish, qarashish; ko‘mak, madad.
Ertasiga qo‘shni brigadadan ketmonchilar ham yordamga kelishdi.
I. Rahim, Chin muhabbat
2. Ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy ko‘mak.
Abdishukur amakisining yordami bilan nihoyat bir boyga mirza bo‘ldi.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. Moddiy ko‘mak; pul, mablag‘.
Ochilning uydan oladigan yordami katta emas edi.
P. Qodirov, Uch ildiz
4. Foydali ta’sir, naf.
Bemorga bu dori ham yordam bermadi.
-