1. Moddiy, jismoniy, ma’naviy yoki boshqa jihatdan qo‘llab-quvvatlash; yordam.
Katta ko‘mak. Ko‘mak olmoq. Do‘stlar ko‘magida qiyinchiliklarni yengmoq.
▬
Ketaman, qizim, shaharda allaqancha ishim bor. Botiralining ko‘magi bilan bitkazib olay.
H. G‘ulom, Mash’al
Og‘ir daqiqalarda bir-birlarini qo‘llab, ko‘mak berardilar.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Yigitlardan birining ko‘magida otga minib, jilovini qo‘ydi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Og‘a, ne qil deysiz Men sizdan ko‘mak istab keldim.
S. Siyoyev, Avaz