Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yo‘q} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: yo‘q-la-moq
Izoh(lar)i:
yo‘q rv

1. 1. Mavjud emas; zid. bor 1. Bu atrofda bironta xonadon yo‘q. O‘zingda yo‘q — olamda yo‘q. Maqol
Korxonada oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi magazin yo‘q. Gazetadan
Odamzod shundayki, bor narsa asta-sekin yo‘qolsa ham, payqaydi, lekin yo‘q narsa asta-sekin paydo bo‘lsa, payqamaydi. A. Qahhor, Asarlar

2. 2. Javob ichida kelib, inkor ma’nosini ifodalaydi; zid. ha. Sidiqjon bir sonini egarga qo‘yib, juvonga tomon o‘girilib o‘tirdi: — Bu yerlar ham Qo‘shchinorga qarash-limi? — Yo‘q. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
— Siz ham qiziqsiz-da, Hoji xola. — Yo‘q, qiziq emasman, to‘g‘ri gapni qilyapman, To‘raxon. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
— Bilasizmi, Yo‘lchi, kimni sudradingiz? — Yo‘q, kim o‘zi u it? Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Gap oldidan kelib, oldingi gapda bayon etilgan fikrga e’tirozni bildiradi. Yo‘q, seni sharmanda deb ta’na eshitishni xohla-mayman. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Yo‘q, janobi boy, savodli bilan savodsiz hech mahalda bab-baravar emas. K. Yashin, Hamza
— Yo‘q, yo‘q, singlim, — yalindi Rahim Saidov —O‘tinaman, hozir bering. Juda ham zarur! O‘. Umarbekov, Yoz yomg‘iri

4. 4. Biror (o‘ylangan) narsaning unday emasligini, yuz bermasligini bildiradi. Olimjon o‘n besh kunda qaytmoqchi edi. Bir oy o‘tdi — yo‘q, ikki oy o‘tdi — yo‘q. Na xat bor, na xabar. Oybek, Tanlangan asarlar
Ertoyev Barno rozi bo‘lib qolmasa, deb bir seskanib tushdi, yo‘q, qiz noz bilan boshini chayqadi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
Yolg‘iz qo‘yni haydash nuqul azob. Bo‘ynidan sudrayman — yo‘q, dumbasiga arqon solib tortaman — yo‘q. Oybek, Tanlangan asarlar

5. ot vzf. zf. Kambag‘al, qashshoq; nochor. Bor bo‘lsang, ko‘rolmaydi; yo‘q bo‘lsang, berolmaydi. Maqol
Borning ishi farmon bilan, yo‘qning ishi armon bilan. Maqol
— O‘lim — to‘y emas, borning pulini sochadi, yo‘qning sirini ochadi, — dedi kampir o‘g‘liga. E. Raimov, Ajab qishloq

6. 6. Fe’lning inkor ma’noli shaklini yasash uchun xizmat qiladi. Anchadan beri ko‘rga-nim yo‘q. O‘qishga borayotgani yo‘q.

7. 7. O‘zi birikib kelgan so‘z bildirgan narsaga shaxsning uquvi, bardoshi, xohishi yo‘qligini bildiradi. Lekin men ham maqola yozishga yo‘qman, birodar. A. Qahhor, Adabiyot muallimi
Shunday qilib, Salimxon Obidiy kasalga yo‘qroq odam. Mirmuhsin, Umid

Sinonim(lar)i: eslamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: yuq Idish yuzasida qolgan ozgina qoldiq.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.