1. tasdiq yukl. kl. Biror ishga rozilik ma’nosini ifodalaydi; mayli, mayliga. [Otabek:] Rahmat, ota, bo‘lmasa, bizga choy qaynatib bering-chi! [Hasanali:] Xo‘p, begim. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar Xo‘p, roziman bu dargohdan ketmoqqa H. Olimjon
2. rvsh. sh. Nihoyat darajada; rosa; juda. Bolalar xo‘p o‘ynashdi. Xo‘p yaxshi ish bo‘ldi-da. ▬ — Nevaralaringizga qarab xo‘p quvonasiz-da, oyi, — dedi Komiljon kulib. S. Zunnunova, Hikoyalar
3. 3. Diqqat, e’tibor bilan, yaxshilab; juda yaxshi. [Jonoy:] Unday bo‘lsa, menga bir oz muhlat ber. Men Madaminning gaplariga xo‘p quloq solib, maqsadini bilay. P. Tursun, O‘qituvchi So‘zni tanlab so‘zlaganlar — xo‘p bilur so‘z qadrini. S. Abdulla
1. Qultum – yutum – xo‘plam Bo‘yog‘iga ko‘ra (qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)