Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yo‘q}
So‘z bo‘g‘inlari: yo‘q
Izoh(lar)i:
yo‘q rv

1. 1. Mavjud emas; zid. bor 1. Bu atrofda bironta xonadon yo‘q. O‘zingda yo‘q — olamda yo‘q. Maqol
Korxonada oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi magazin yo‘q. Gazetadan
Odamzod shundayki, bor narsa asta-sekin yo‘qolsa ham, payqaydi, lekin yo‘q narsa asta-sekin paydo bo‘lsa, payqamaydi. A. Qahhor, Asarlar

2. 2. Javob ichida kelib, inkor ma’nosini ifodalaydi; zid. ha. Sidiqjon bir sonini egarga qo‘yib, juvonga tomon o‘girilib o‘tirdi: — Bu yerlar ham Qo‘shchinorga qarash-limi? — Yo‘q. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
— Siz ham qiziqsiz-da, Hoji xola. — Yo‘q, qiziq emasman, to‘g‘ri gapni qilyapman, To‘raxon. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
— Bilasizmi, Yo‘lchi, kimni sudradingiz? — Yo‘q, kim o‘zi u it? Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Gap oldidan kelib, oldingi gapda bayon etilgan fikrga e’tirozni bildiradi. Yo‘q, seni sharmanda deb ta’na eshitishni xohla-mayman. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Yo‘q, janobi boy, savodli bilan savodsiz hech mahalda bab-baravar emas. K. Yashin, Hamza
— Yo‘q, yo‘q, singlim, — yalindi Rahim Saidov —O‘tinaman, hozir bering. Juda ham zarur! O‘. Umarbekov, Yoz yomg‘iri

4. 4. Biror (o‘ylangan) narsaning unday emasligini, yuz bermasligini bildiradi. Olimjon o‘n besh kunda qaytmoqchi edi. Bir oy o‘tdi — yo‘q, ikki oy o‘tdi — yo‘q. Na xat bor, na xabar. Oybek, Tanlangan asarlar
Ertoyev Barno rozi bo‘lib qolmasa, deb bir seskanib tushdi, yo‘q, qiz noz bilan boshini chayqadi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
Yolg‘iz qo‘yni haydash nuqul azob. Bo‘ynidan sudrayman — yo‘q, dumbasiga arqon solib tortaman — yo‘q. Oybek, Tanlangan asarlar

5. ot vzf. zf. Kambag‘al, qashshoq; nochor. Bor bo‘lsang, ko‘rolmaydi; yo‘q bo‘lsang, berolmaydi. Maqol
Borning ishi farmon bilan, yo‘qning ishi armon bilan. Maqol
— O‘lim — to‘y emas, borning pulini sochadi, yo‘qning sirini ochadi, — dedi kampir o‘g‘liga. E. Raimov, Ajab qishloq

6. 6. Fe’lning inkor ma’noli shaklini yasash uchun xizmat qiladi. Anchadan beri ko‘rga-nim yo‘q. O‘qishga borayotgani yo‘q.

7. 7. O‘zi birikib kelgan so‘z bildirgan narsaga shaxsning uquvi, bardoshi, xohishi yo‘qligini bildiradi. Lekin men ham maqola yozishga yo‘qman, birodar. A. Qahhor, Adabiyot muallimi
Shunday qilib, Salimxon Obidiy kasalga yo‘qroq odam. Mirmuhsin, Umid

Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. yo‘q I Modal
mavjud emas

2. yo‘q II rozilik modali
inkor shaklni yasovchi gram. birlik (-gan yo‘q) O‘qiganim yo‘q (= o‘qigan emasman, o‘qimaganman)

Paronimi: yuq Idish yuzasida qolgan ozgina qoldiq.
Qomus: mavjud emas.

1. aql-u hushini yo‘qotdi: o‘z harakatlarini boshqara olmaydigan darajaga yetdi

2. es- hushini yo‘qotdi: 1) behush bo‘ldi 2) esankiradi

3. hushini yo‘qotdi: 1) behush bo‘ldi 2) esankiradi

4. kalavasining uchini yo‘qotdi: qilib turgan ishini bilmay qoldi, gangidi

5. ko‘ngli yo‘q: istamaydi

6. ko‘nglida kiri yo‘q: kek saqlamaydigan, g‘arazi yo‘q

7. ko‘nglida kiri yo‘q: kek saqlamaydigan, g‘arazi yo‘q

8. ko‘rarga ko‘zi yo‘q: o‘taketgan darajada yomon ko‘rdi

9. ko‘rgani ko‘zi yo‘q: o‘taketgan darajada yomon ko‘rdi

10. ko‘rgani ko‘zi, otgani o‘qi yo‘q: o‘taketgan darajada yomon ko‘rdi

11. kun yo‘q: tinchlik bermaslik, tinch hayot kechirishga yo‘l qo‘ymaslik

12. mazasi yo‘q I: sog‘ligi yomon holatda

13. mazasi yo‘q II: harakati, layoqati sust

14. o‘zida yo‘q: benihoya, juda– juda(xursand)

15. o‘zingizdan o‘tar gap yo‘q: «Hammasini o‘zingiz bilasiz, o‘rgatadigan joyi yo‘q» ma’nosidagi ibora.

16. o‘zingizdan qolar gap yo‘q: «Hammasini o‘zingiz bilasiz, o‘rgatadigan joyi yo‘q» ma’nosidagi ibora.

17. o‘zini yo‘qotib qo‘ydi: gangib qoldi

18. sarkalavasini yo‘qotdi: qilib turgan ishini bilmay qoldi, gangidi

19. tobi yo‘q: 1)kasal 2)rag‘bati yo‘q, kelishmaydi

20. tuya ko‘rdingmi–yo‘q: o‘zini ko‘rmaganga, bilmaganga chiqardi

21. xushi yo‘q: Xohlamaslik, yoqtirmaslik; xohishi yo‘q

22. yo‘q yerdagi: hech kim bilmaydigan, hech kimning xayoliga kelmaydigan, bo‘lmag‘ur

23. yo‘qni yo‘ndirdi: qancha mashaqqat bilan bo‘lsa ham, bunyod qildi

24. yuragida kiri yo‘q: kek saqlamaydigan, g‘arazi yo‘q

1. Bor – jo‘na – yo‘qol – yo‘qolib ket – daf bo‘l – qorangni o‘chir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgidagi salbiylikning ortib borishiga ko‘ra )

2. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – o‘zini yo‘qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

3. Hamma – barcha – bari – butun – bor – jami – butkul – tamom – bor-yo‘q.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

4. Kambag‘al – qashshoq – bechora – faqir – yo‘qsil – gado – bechorahol – miskin
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

5. Tamomlamoq – tugatmoq – sop qilmoq – bitirmoq – ado qilmoq – yo‘qotmoq – yo‘q qilmoq – quritmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.