1. 1. Haqiqatga yoki biror qonun-qoidaga xilof ish tutmoq; xato qilmoq, adashmoq. Hisobda yanglishmoq. Bu hovliga yanglishib kirib qolibman. ▬ — Jiyanim so‘zlaridan yanglishib ketsalar, nima bo‘ladir? — Nega yanglishsinlar, ular bilganlaridan ortiqni, albatta, so‘zlamaslar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. 2. Ish-faoliyatda, hayotda noto‘g‘ri yo‘l tutmoq. Men bola-chaqali odam, yanglishib, yo‘ldan ozib, sizga uylangan ekanman, nikohimdan chiqdingiz, meni kutmang. Oybek, Tanlangan asarlar Yakka qolgan Saodat qadrining poymol etilganidan, yanglishganidan to‘yib-to‘yib yig‘ladi. Yoshlik
1. Yanglishmoq – adashmoq – xato qilmoq – gunoh qilmoq Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)