Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xato}
So‘z bo‘g‘inlari: xa-to
Izoh(lar)i:
xato [xa-to ]

1. Hisoblash, yozish, o‘qish, so‘zlash va shu kabilarda adashish, yanglishish, noto‘g‘rilik, qusur. Imloviy xato. Matematik xato. Gazetadan

2. Umuman, turmushda, ishda yo‘l qo‘yilgan kamchilik, nuqson, noto‘g‘ri xatti-harakat. Dushman siringni o‘g‘irlaydi, Do‘st xatongni to‘g‘rilaydi. Maqol

3. Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, asossiz, noto‘g‘ri. Jo‘rttaga xato o‘qib, o‘zing kuldirding O‘qi, Ra’no. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

4. Yerdan chiqmay yoki unmay qolgan urug‘ haqida. Yaxshi ishlanmagan yerga ekilgan urug‘ xato chiqadi. Gazetadan

4. Mo‘ljalga, nishonga tegmaslik. Hech qaysisining otgani xato ketmas edi, hech bir dushman omon ketmas edi. Gazetadan

Antonim(lar)i: to‘g‘ri
Sinonim(lar)i: yanglish
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Yanglishmoq – adashmoq – xato qilmoq – gunoh qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.