1. 1. Haqiqatga mos kelmaydigan; yanglish, xato.
Noto‘g‘ri fikr. So‘zni noto‘g‘ri yozibsiz.
▬
Bu gapingiz noto‘g‘ri, kori, sizning ilmingiz eskicha ilm. Kolxozga yangicha ilm kerak.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Orqada kelayotgan Meli polvon: — Ayb o‘zimizda ham bor, Ermat aka. Bittamiz Mana bu to‘g‘ri, mana bu noto‘g‘ri! deb dadil gapirolmaymiz, — dedi.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. 2. Tartib-qoidaga, umumiy me’yorga to‘g‘ri kelmaydigan; noo‘rin, nojo‘ya, chakki.
Noto‘g‘ri ish. Noto‘g‘ri xatti-harakat.
▬
Noto‘g‘ri tarbiya o‘smirlarning nojoiz yo‘llarga kirishiga zamin yaratadi.
Gazetadan.