Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {vaziyat}
So‘z bo‘g‘inlari: va-zi-yat
Izoh(lar)i:
vaziyat ot

1. 1. Biror narsaning fazoda egallab turgan holati, o‘zini tutgan holati (boshqa narsalarga nisbatan). Nuqtaning vaziyatini aniqlash. Oy o‘zining Yer atrofidagi harakatida Quyoshga nisbatan turli vaziyatlarni olib turganligidan Oyning ko‘rinishi o‘zgaradi. Astronomiya

2. 2. Kishining tashqi ko‘rinish, ruhiy va boshqalar jihatdagi holati; qiyofa, avzo. Har xil vaziyat va turli kayfiyatda o‘tirgan kishilarning son-sanog‘i yo‘q. A. Qahhor, Sarob
Tantiboyvachcha mag‘rur va mamnun bir vaziyat oldi. Oybek, Tanlangan asarlar
O‘sha quvnoq vaziyatini o‘zgartirmay qo‘shib qo‘ydi: Oyog‘ingiz og‘rimayaptimi? S. Karomatov, Oltin qum
Temur ham o‘ychan vaziyatda, kulmay-netmay javob berdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

3. 3. Tutgan o‘rin, mavqe, nufuz. Odamlar ustidan xususiy mulk hukmron bo‘lgan, kishining jamiyatdagi vaziyati, salmog‘i, huquqi, obro‘si uning mulki bilan o‘lchanadigan bir zamonda inson bolasi ota-onasidan bemahal ajralar ekan, unga bundan og‘ir kulfat yo‘q. P. Tursun, O‘qituvchi

4. 4. Jamiyatdagi, hayotdagi sharoit, holat. Og‘ir vaziyat. Jiddiy vaziyat. Siyosiy vaziyat. Xalqaro vaziyat. Vaziyatni tushuntirmoq. Men uning har qanday vaziyatda ham o‘zini tuta bilishiga qoyil qolardim. Men hatto borib, vaziyatni bilib kelmoqchi ham bo‘lgan edim. S. Karomatov, Oltin qum

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.