1. 1. Yuzaga kelgan, mavjud bo‘lgan vaziyat, ahvol.
Jangovar holat. Harbiy holat. Shahar qamal holatda.
▬
Ishlayotgan odamlar uni [Olaxo‘jani] bu holatda ko‘rib, juda hayron bo‘lib, ishdan to‘xtab qoldilar.
P. Tursun, O‘qituvchi
Hamma sergak tortdi, unga qulog‘ini tutib jim qoldi. Bu holatdan foydalangan shayx so‘ziga pardoz berib, davom etdi
K. Yashin, Hamza
Sherali ham bu to‘qnashuvdan To‘lg‘onoy bilan yolg‘iz qolgandagi holatga tushdi.
S. Karomatov, Oltin qum
2. 2. Jismoniy yoki ruhiy jihatdan bo‘lgan ifoda, ko‘rinish; qiyofa, avzo.
Asabiy holat. Kulgili holat. Ayanchli holat.
▬
Men uning holatidan nimadir ichini kuydirayotganini bilib turardim.
S. Ahmad, Yulduz
Uning majaqlanib, tanib bo‘lmas holatga kelgan yuzini oq shohi bilan yopib qo‘ydilar.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. shv. hv. Kuch-quvvat, darmon, mador; qudrat.
G‘ozning bir oyog‘i singan, bir qanoti mayib bo‘lgan, o‘q tegib holati ketib, shu yerga yiqilgan.
Alpomish
Endi mendan holat ketdi, bek Shakar, Bu cho‘llarda endi qoldim xor-u zor.
Shirin bilan Shakar